Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
3-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi
337. “Rezervdagi leytenant” boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga berilishi mumkin: a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush davrida harbiy xizmatga cheklangan yaroqli) deb topilgan, bevosita oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan bitiruvchilarga; b) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tagan hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida rezerv va zaxira ofitserlarini tayyorlash dasturi bo‘yicha tahsil olgan shaxslarga — ko‘rsatilgan ta’lim muassasasini va o‘quv harbiy yig‘inlarini tamomlab, davlat imtihonlarini topshirganidan so‘ng; v) ofitserlar tarkibining harbiy unvoniga ega bo‘lmagan oliy fuqarolik ma’lumoti bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga — o‘quv harbiy yig‘inlarini tugagach va davlat imtihonlarini topshirganidan so‘ng. 338. Ushbu Nizomning 341-bandida ko‘rsatilgan Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga ofitserlar tarkibining boshlang‘ich harbiy unvonlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan berilishi mumkin. 339. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi: “oddiy askar” — belgilanmagan; “kichik serjant” — uch yil; “III darajali serjant” — to‘rt yil; “II darajali serjant” — to‘rt yil; “I darajali serjant” — besh yil; “katta serjant” — belgilanmagan; “leytenant” — uch yil; “katta leytenant” — to‘rt yil; “kapitan” — to‘rt yil; “mayor” — besh yil; “podpolkovnik” — belgilanmagan. 340. Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga tinchlik davrida navbatdagi harbiy unvonlar ushbu Nizomning 339-bandida belgilangan oldingi harbiy unvondagi xizmat muddatlari tugagandan so‘ng, attestatsiya (malaka) komissiyaning ijobiy qarori qabul qilingan va u o‘quv harbiy yig‘inlardan o‘tgan, navbatdagi harbiy unvonga mos keladigan lavozim uchun ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda berilishi mumkin. Mansabdor shaxslarning rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berish bo‘yicha huquqlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilab berilgan. 341. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlar ketma-ketlikda beriladi. Harbiy xizmatda foydalanish mumkin bo‘lgan ixtisoslik bo‘yicha yuqori tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega bo‘lgan rezervdagi (zaxiradagi) alohida ofitserlarni haqiqiy harbiy xizmatga olish vaqtida ularga, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 339-bandida ko‘zda tutilgan xizmat muddatlaridan qat’i nazar amaldagi unvonga nisbatan bir-ikki daraja yuqori ofitserlik unvoni berilishi mumkin. 342. Rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlarning harbiy unvonini bir darajaga pasaytirish ushbu Nizomning 236-bandga muvofiq 239-bandida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rezervda turgan davrda harbiy unvoni pasaytirilgan hamda ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydali ishda o‘zini oqlagan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonda pastlatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan mansabdor shaxslar tomonidan oldingi harbiy unvoniga tiklanishi mumkin, biroq bunda harbiy unvon pasaytirilgandan so‘ng kamida uch yil o‘tgan bo‘lishi lozim. Harbiy xizmatni o‘tash davrida ushbu Nizomning 239-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan harbiy unvoni pasaytirilgan rezervda turuvchi harbiy xizmatchilarga mazkur shartlarda oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin. 343. Rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy unvonda pasaytirilishi, keyinchalik esa ijobiy tavsiflar berilgan taqdirda harbiy unvonida tiklanishi mumkin (ushbu shaxslarga harbiy unvonlar berish tartibiga muvofiq). Harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy unvonda pasaytirilgan rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslarga oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling