Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Urush davrida harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
12-bob. Urush davrida harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
344. Harbiy xizmatchilar urush davrida ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarda ko‘zda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda harbiy xizmatni o‘taydilar. Safarbarlik e’lon qilinganda: a) haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarga jalb qilingan harbiy xizmatga majburlar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatda ushlab turiladi. Shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilmagan harbiy xizmatchilarni bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlar bekor qilinadi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra iste’foga bo‘shatilgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan buyruqlar bundan mustasno. Bo‘shatish to‘g‘risida buyruqlari bekor qilingan harbiy xizmatchilar oldingi lavozimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishadi, bu lavozimlar boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan band qilingan taqdirda esa boshqa vakant lavozimlarga tayinlanadi; b) safarbarlik e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar bilan tuzilgan kontraktlarning harakati urush davri tugagunga qadar to‘xtatib turiladi, bunda harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganda, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgani munosabati bilan, ozodlikdan mahrum qilish yoki harbiy unvondan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganda kontrakt harakatdan to‘xtatiladi. Harbiy xizmatchilarning ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan urush davri normalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Urush davri tugagandan so‘ng to‘xtatilgan kontraktlar harakati qayta tiklanadi, bunda kalendar va imtiyozlarni hisoblashda urush davrining butun haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi; v) tuzilgan kontraktlar harbiy xizmatchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin emas; g) kasalligi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish ta’tillaridan tashqari boshqa barcha ta’tillar to‘xtatiladi hamda ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchilar zudlik bilan xizmat joylariga qaytib kelishlari shart; d) xizmat muddatlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning rejali almashinuvi amalga oshirilmaydi; e) rezervdagi harbiy xizmatga majburlar o‘z safarbarlik yo‘llanmasi, chaqiruv qog‘ozlari yoki mudofaa ishlari organlarining buyruqlarida ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lishi shart; j) urush davri shtatlari bo‘yicha lavozimga mo‘ljallangan harbiy xizmatchilar hamda rezervdagi harbiy xizmatga majburlar safarbarlik vazifasiga muvofiq lavozim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga kirishadi. Uzrli sabablarsiz ta’tildan o‘z vaqtida xizmat joyiga qaytmagan harbiy xizmatchilar hamda safarbarlik bo‘yicha ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lmagan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. 345. Urush davrida Qurolli Kuchlar quyidagilar bilan to‘ldiriladi: a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari; b) safarbarlik bo‘yicha chaqiriladigan rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar; v) o‘z ixtiyoriga ko‘ra harbiy xizmatga olingan harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan ayollar. Urush davrida harbiy xizmatga majburlarni haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish va keyingi chaqiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan chiqarilgan mudofaa vazirining buyruqlariga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi. 346. Urush davrida boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga beriladi: a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining, shu jumladan qisqartirilgan ta’lim dasturi asosidagi bitiruvchilariga; b) kichik ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha kurslarning bitiruvchilariga; v) oliy ma’lumotli, jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga. 347. Urush davrida boshlang‘ich serjantlik unvoni quyidagilarga beriladi: a) kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga; b) jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) kichik komandirlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga. 348. Urush davrida boshlang‘ich va navbatdagi harbiy unvonlar ushbu Nizomning 239 va 240- bandlarida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladi. 349. Jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, yuksak darajadagi kasbiy va vatanparvarlik xislatlarini namoyon etgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon mavjud harbiy unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar muddatidan avval berilishi mumkin. 350. Harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi: Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling