Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan
unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va
moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy
malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda
belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning
kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. _________________________________________________________________________________________
vazirlikning (idoraning) nomi
a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tashi, yashashi va maishiy ta’minoti uchun zarur sharoitlarni
yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni
qoplab berishni ta’minlash.
quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan
alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda
belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq holda harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni
tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish
bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan
hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling