quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan
unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va
moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan standartlar talablariga muvofiq ta’lim olish;
e) hayotini va sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda
belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) texnik xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi xizmat sharoitlariga ega bo‘lish;
i) davlat tomonidan sug‘urtalanish;
k) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning
kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
l) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. Davlat qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan kursant va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) kursantning zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi harbiy va maxsus ta’lim olishini
ta’minlash;
v) kursantning o‘qishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish;
g) kursantning sug‘urtalanishini ta’minlash;
d) kursantni belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
e) kursantning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab
berishni ta’minlash;
j) kursantning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, ofitserlar tarkibiga mansub
lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |