Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Dastlabki kontraktni tuzish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

2-§. Dastlabki kontraktni tuzish tartibi
91. Dastlabki kontrakt ilgari kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan fuqarolar
(harbiy xizmatchilar) bilan tuziladi.
92. Kontrakt oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiruvchi fuqarolar bilan ushbu ta’lim
muassasasining shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritilgan kuni tuziladi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari
kursantlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunida Vatanga, O‘zbekiston Respublikasi xalqi va
Prezidentiga sodiqlik qasamyodini qabul qiladilar.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘qish muddati davomida muddatli harbiy
xizmatchilar uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(92-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-
5035-son 
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y.,
07/21/5035/0228-son)
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar orasidan bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining
oilali yoki qaramog‘idagi shaxslari bo‘lgan kursantlarda, oila a’zolari va qaramog‘idagi shaxslarning
ular bilan birgalikda yashash sharti bilan, turarjoy xonalarining ijarasi uchun har oyda to‘lanadigan
pul badalini o‘qish joyi bo‘yicha olish huquqi saqlanib qoladi.
93. Ayollar ushbu Nizomning 
127-bandi 
talablarini hisobga olgan holda ayol harbiy
xizmatchilar egallashi mumkin bo‘lgan vakant lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu
lavozimlarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olinishlari mumkin.
94. Vazirlik nomidan dastlabki kontrakt:
a) vazirlik rahbarining qarori bilan belgilangan mansabdor shaxslar bilan kontrakt bo‘yicha
haqiqiy harbiy xizmat besh yil muddatga tuziladi. Agar shaxsning haqiqiy harbiy xizmatda
bo‘lishining chegara yoshigacha besh yildan kam muddat qolgan bo‘lsa, u bilan kontrakt chegara
yoshiga yetish muddatigacha tuziladi;
b) oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursant lavozimiga besh yil mobaynida ofitserlar tarkibi
lavozimlarida majburiy xizmatni o‘tash sharti bilan o‘qish muddati — oliy harbiy ta’lim muassasa
boshlig‘i tomonidan tuziladi.
95. Dastlabki kontrakt quyidagilar bilan tuziladi:
a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olingan fuqaro bilan — yo‘llanma bilan harbiy qismga
kelgandan so‘ng uch kun mobaynida;
b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirgan fuqaro bilan — ushbu ko‘rsatilgan muassasaga
kursant lavozimiga olingan kuni;
v) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olingan muddatli harbiy xizmatchi bilan — muddatli
harbiy xizmatning muddati tugashi bilan uch kun mobaynida.
96. Harbiy xizmatning dastlabki kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin
xizmat muddati yangi kontrakt tuzilishi bilan navbatdagi muddatga uzaytirilishi mumkin.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling