Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

5-§. Fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish
munosabati bilan alohida vakolatli organlarning vazifalari
67. Fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish
tadbirlarini o‘tkazish vaqtida quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
a) mudofaa ishlari organlariga:
vazirliklar va harbiy qismlarning fuqarolarni saralash uchun talabnomalarini to‘plash va
umumlashtirish;


kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarni vazirliklarning
talabnomalariga asosan xizmat joylari va lavozimlar to‘g‘risida xabardor qilish;
zarur nomzodlar mavjudligi haqida vazirliklarni xabardor qilish;
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish uchun ularning vazirlik vakillari bilan uchrashuvini
tashkillashtirish (mudofaa ishlari boshqarmalarida);
nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlarini kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun
jo‘natish;
nomzodlarni xizmatni o‘tash uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga jo‘natish;
b) vakolatli hududiy organga, harbiy qism qo‘mondonligiga:
harbiy qismda mavjud bo‘sh lavozimlarni butlash uchun harbiy hisobdagi ixtisoslikni
ko‘rsatgan holda komandirlik pog‘onasi bo‘yicha talabnomalarni taqdim etish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish to‘g‘risida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib
chiqish;
muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar hamda rezervdagi va zaxiradagi harbiy
xizmatga majburlar orasidan nomzodlar tanlovini tashkillashtirish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarning hujjatlarini
qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa materiallarini rasmiylashtirish, ularni harbiy
xizmatga qabul qilish to‘g‘risida qaror chiqarish va kontraktlar tuzish uchun yuborish ishlarini
tashkillashtirish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar orasidan tanlangan
nomzodlar bilan kontraktlar tuzish ishlarini tashkillashtirish;
v) vazirliklar rahbarlariga:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
kadrlar organlarining zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) saralash tadbirlaridan o‘tish
uchun jo‘natish ishlarini tashkillashtirish;
mansabdor shaxslarning vazirlik nomidan fuqarolar (harbiy xizmatchilar)ni kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash va ular bilan kontraktlar tuzish vakolatlarini
belgilash;
fuqarolar (harbiy xizmatchilar)ni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish, ularni
lavozimga tayinlash va ularga harbiy unvonlar berish;
alohida toifadagi fuqarolar (harbiy xizmatchilar) bilan kontraktlar tuzish.
68. Bo‘sh lavozimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (harbiy-hisob ixtisosligi
ko‘rsatilgan holda) vazirliklarning butlash organlari tomonidan belgilangan tartibda taqdim
qilinadi.
69. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga
saralash va qabul qilish masalalarida vazirliklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkillashtiradi.
Qonunchilikka muvofiq vazirliklar zimmasiga fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga
qabul qilish bilan bog‘liq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling