harbiy xizmat — fuqarolar tomonidan Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni
bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi;
haqiqiy harbiy xizmat — chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va
ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmat;
harbiy xizmatchi — haqiqiy harbiy xizmatdagi fuqaro;
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi — Qurolli Kuchlar safida oddiy askarlar tarkibi
lavozimlarida majburiy xizmatni o‘tayotgan chaqiruv yoshidagi fuqaro, shuningdek zaxiradan
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan ofitser;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — harbiy xizmatni kasb sifatida tanlagan va harbiy
xizmat majburiyatlarini kontrakt asosida bajarayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
rezervdagi ofitser — ofitserlik unvoniga ega bo‘lgan, muqaddam harbiy xizmatni o‘tagan va
rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majbur fuqaro;
zaxiradagi ofitser — ofitserlik unvoniga ega bo‘lgan, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan
va bevosita ofitserlik unvoni berilganidan so‘ng zaxiraga o‘tkazilgan harbiy xizmatga majbur fuqaro;
kursant (tinglovchi) — haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan va harbiy ta’lim muassasasida tahsil
olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
harbiy unvon — har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga uning xizmat mavqeyi,
harbiy yoki maxsus tayyorgarligi, xizmat muddati, Qurolli Kuchlar yoki qo‘shin turi yoxud maxsus
qo‘shinlarga mansubligiga muvofiq beriladigan unvon;
kontrakt — vazirliklar tomonidan davlat va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘rtasida
tuziladigan hamda uning o‘z ixtiyori bilan haqiqiy harbiy xizmatga kirishi va uni o‘tashini (haqiqiy
harbiy xizmatni davom ettirishini) belgilab beruvchi bitim bo‘lib, unda xizmat muddati, o‘zaro
huquqlar, majburiyatlar va tomonlarning javobgarligi hamda harbiy xizmatni o‘tashning boshqa
shartlari tartibga solinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |