Qarori umumiy o‘rta ta’lim to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana06.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1331170
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hujjat 22

2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari 
8. Davlat ta‟lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta‟lim va tarbiya 
olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro„yobga chiqarish umumiy o„rta ta‟limning 
maqsadi hisoblanadi. 
Umumiy o„rta ta‟lim o„quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi
mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko„nikmalarini 
rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo„naltirishga va ta‟limning navbatdagi 
bosqichini tanlashga yordam beradi. 
9. Umumiy o„rta ta‟limning vazifalari quyidagilardan iborat: 
o„quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta‟minlash, ularda 
bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o„quv, ilmiy va umummadaniy 
bilimlarni shakllantirish; 
o„quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg„unlashtirish 
asosida yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o„z Vataniga va xalqiga 
sodiq fuqaroni shakllantirish; 
ta‟limning uzluksizligini va izchilligini, umumta‟lim muassasalari o„quv 
dasturlarining o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari o„quv dasturlari bilan 
uzviy bog„liqligini ta‟minlash; 


Keyingi
 tahrirga qarang. 
ta‟lim-tarbiya jarayoniga o„qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik 
uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
orqali ta‟lim sifatini oshirish; 
o„quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo„llab-
quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta‟lim-tarbiya olishlari
ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib 
berish;
mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko„nikmalarini shakllantirish
o„quvchilarni kasbga yo„naltirish, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarini 
ongli ravishda tanlash va kasbiy ta‟lim dasturlarini o„zlashtirishda ko„maklashish. 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
10. Umumta‟lim muassasalari umumiy o„rta ta‟limning maqsad va 
vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o„quv-uslubiy, moddiy-texnik 
va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling