Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 51.61 Kb.
|
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi
5 — 9-SINFLAR
1. Ona tili O‘quvchilar ona tilidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: a) grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan me’yorlar: — fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar, ularning muhim belgilarini bilib olishlari, izohlay bilishlari va shu tushunchalar bilan bog‘liq grammatik atamalarni o‘zlashtirish; — o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlarini bilish; — nutq uslublarining chegara va imkoniyalarini bilish; — og‘zaki va yozma nutqda so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar, grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni tanlay olish; — sinonimik va uslubiy imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olish; — gapda so‘z tartibiga rioya qilish, gap bo‘laklarini turli turkumga oid so‘zlar, otlashgan so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralar vositasida ifodalay olish; — gap turlaridan, undalmali, kirish so‘zli va birikmali, uyushiq bo‘lakli, ajratilgan izoh bo‘lakli gaplardan, qo‘shma gap turlaridan, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish; b) amaliy ko‘nikma va malakalar: — o‘qish texnikasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich — 1 minutda 120 — 130 so‘z. Sifat ko‘rsatkichlar — murakkab tipdagi ilmiy atamalarni, ramzlarni, mumtoz adabiyot namunalarini, so‘z va iboralarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri va ravon o‘qish; — o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich — 10 daqiqada 5-6 sahifa. Sifat ko‘rsatkichlar — og‘zaki nutqning aniqligi, matn mazmunining mos bo‘lishi, to‘g‘ri, ravon va ta’sirchan bo‘lishi. — fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich — 12 — 14 gapdan iborat bo‘lgan tugal matn yaratish. Sifat ko‘rsatkichlar — matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, matndagi xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash, o‘rganilgan ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish, ish qog‘ozlarini yoza olish. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling