Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 51.61 Kb.
|
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi
5. Inson va jamiyat
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar inson va jamiyat, ta’lim sohasi bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: a) Jismoniy kamolotga oid: — inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid tushunchalarni bilish; — chiniqishning mohiyatini anglash; — gimnastika mashqlarini bajara olish; — shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish va ularga amal qilish; — jismoniy mashqlarning inson kamolotini ta’minlashdagi ahamiyatini anglash; — jismoniy tarbiya mashqlarini xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajara olish; — milliy o‘yinlar qoidalarini bilish; — turli sport o‘yinlarining elementlarini qo‘llay olish; — jarohatlanishning oldini olish, jarohat olgan taqdirda birinchi yordam ko‘rsata olish; b) Musiqaga oid: — musiqa badiiy san’at ekanligini bilishlari, kuyga tavsif bera olish; — xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish; — cholg‘u asboblarini bilish va tovush tembrlaridan ularni farqlay olish; — musiqaga oid oddiy atamalarni bilish; — nota yozuvlarini bilish va amalda qo‘llay olish; — birgalikda va yakka holda kuylay olish; — musiqaning ifoda vositalarini bilish; — ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlay olish; v) Tasviriy san’atga oid: — tasviriy san’at va unga oid ayrim iboralarni bilish; — asosiy ranglarni farqlay olish; — badiiy materiallar, asboblar va jihozlarni farqlay olish; — rasm ishlash bosqichlarini bilish; — naqshlar va ularning xususiyatini bilish; — bo‘yoqni o‘z o‘rnida ishlata olish; — tabiat manzaralarini kuzatish va tasvirlay olish; — buyumlar yasash, ularni bezata olish; — turli ranglarni hosil qila olish; — badiiy tasvirning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini bilish; g) Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojiga oid: — Vatan tushunchasiga ega bo‘lish; — davlat tushunchasini, davlatning ramziy belgilarini, ona-Vatan tuyg‘usini anglash; — O‘zbekiston aholisi va milliy tarkibini bilish; — mamlakat hayotidagi buyuk sanalarni bilish; — axloq va kiyinish me’yorlarini bilish; — uy tutishni bilish; — mehmonlarga, atrofdagilarga mulozamat ko‘rsata olish; — dasturxon tuzatishni bilish; — orastalik me’yorlarini bilish; — o‘z tug‘ilgan joyi va o‘lkasi haqida tushunchaga ega bo‘lish; — texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish; — uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish; — sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish; — duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o‘g‘il bolalar uchun); — oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun); — inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash; — huquq va huquqbuzarlik haqida tasavvurga ega bo‘lish; — qishloq va shahar aholisi hayotini bilish; — uy xo‘jaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish; — oila va uning qanday tashkil topishini bilish; — oilada farzandning burchini bilish; — bozor, sotuvchi, xaridor kabi tushunchalarni bilish; — insonning pulga bo‘lgan ehtiyojini anglash; — pul to‘lov, savdo-sotiq vositasi ekanligini bilish; — pul birliklarini bilish; — narx va uning o‘zgaruvchangligini bilish. Oldingi tahrirga qarang. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling