Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV


Download 51.61 Kb.
bet2/17
Sana04.05.2023
Hajmi51.61 Kb.
#1424016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-avgust,
390-son
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
16-avgustdagi 390-son qaroriga
ILOVA
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI
ASOSIY QOIDALAR
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTINI IShLAB ChIQISh VA JORIY ETISh ASOSLARI
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi:
“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog‘liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son hamda “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarorlari;
O‘zRST 1.0 — 92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi;
O‘zRST 1.1 — 92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
GOST 1.5 — 93. Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo‘lgan talablar;
O‘zRST 1.9 — 95. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. Tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.

Download 51.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling