Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 51.61 Kb.
|
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘zbek tili (Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)
2. Adabiyot
O‘quvchilar adabiy ta’limga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — matnni to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qiy olish; — 4-5 ta badiiy matnni yoddan aytib bera olish; — Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; — mamlakatimiz mustaqilligi va bayramlari haqidagi, ona-Vatanga muhabbat uyg‘otuvchi adabiy asarlar mazmunini anglagan holda so‘zlab berish; — mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olish; — berilgan har qanday mavzuda og‘zaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olish; — badiiy tasvir vositalari haqida matnga tayanilgan holda mustaqil fikr yuritish va tahlil qila olish; — o‘qigan asaridan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olish; — o‘zga insonning tuyg‘ulari va hissiy kechinmalar xususida fikr yurita olish; — turli mavzularda insho yoza bilish; — o‘rganilgan adiblar tabiatiga xos bo‘lgan xislatlarni baholay bilish; — adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildira olish va uni asoslay bilish; — yuksak didli va aqlan barkamol adabiy qahramonlarning xislatlarini ochib bera olish; — musiqa yoki rang tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qilish va uni so‘z bilan ifodalab berish; — o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan badiiy timsollar xususiyatiga xos bo‘lgan xislatlarni anglab, ularga munosabat bildira olish; — o‘rganilgan asarlardagi adabiy qahramonlar xususiyatiga xos bo‘lgan fazilatlarga mustaqil fikr bildira olish; — o‘rganilgan badiiy asarlar timsollarining tabiatidagi milliy xususiyatlarni anglay bilish; — adabiyot nazariyasiga doir bilimlarni kitobxonlik amaliyotida mustaqil qo‘llay olish; — adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga to‘g‘ri baho bera olish. 3. O‘zbek tili (Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tili ta’limidan o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — morfologiya va sintaksisga doir asosiy tushunchalarni hamda shu tushunchalar bilan bog‘liq ravishda grammatik atamalarni bilish; — so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini bilish va bu qoidalarga amal qilish; — mustaqil gaplarni, murakkab sintaktik butunliklarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lay olish; — o‘zbek mumtoz adabiyotining hamda XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyandalarini bilish, ularning asarlaridan namunalar ayta olish; — badiiy asar timsollariga og‘zaki va yozma tavsif bera olish; — o‘rganilgan mavzu doirasida va rasmlarga qarab mustaqil fikrni 15 — 20 gap bilan izchil va bog‘lanishli monologik nutq shaklida bayon qila olish; — ayrim matnlar mazmunini o‘z so‘zi bilan (asosiy mazmunni qamrab olgan holda) qayta hikoya qila olish; — matnni (badiiy asar, hikoya, ilmiy maqola, xabar) to‘g‘ri, ravon, tushunib, bir daqiqada 130 so‘z tezligida o‘qiy olish; — badiiy asar (yoki undan olingan parcha)ni, she’rni ifodali o‘qiy olish; — o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan (maqol, topishmoq, qo‘shiq, matal) ayta olish; — 80 — 90 so‘zdan iborat matn asosida diktant yozish; — 120 — 130 so‘zli matn asosida bayon yoza bilish; — 6 — 8 gapdan iborat bo‘lgan matn tuza olish; — ish qog‘ozlari (ariza, tarjimai hol, xat, e’lon, maqola, tushuntirish xati, ishonch qog‘ozi)ni yoza olish. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling