Qarori xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida
Download 47.7 Kb.
|
2022 yil 425-qaror
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
- 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida: a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Xalq ta’limi vazirligi: a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili: birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami; maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari; b) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami bilan bepul ta’minlash joriy qilinsin”; b) quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan to‘ldirilsin: “51. 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 52. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘quv qurollari ro‘yxati va sonini tasdiqlash vakolati Xalq ta’limi vazirligiga berilsin”; v) quyidagi mazmundagi ilova bilan to‘ldirilsin: “Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga ILOVA 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami RO‘YXATI
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida: a) 4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz”; b) 3-ilova (Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizom)da: 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi”; 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 10-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz”; 14-band “rahbar xodimi tomonidan” so‘zlaridan keyin “uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan to‘ldirilsin: “21. Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi. 22. Bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatining 23-bandidagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” so‘zlari “Ta’minot va logistika xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi va budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 22-fevraldagi 155-son qarorida: a) qaror nomidan “Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1, 2 va 3-bandlarning “a” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “jamg‘armasi va Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ularning” so‘zlari “jamg‘armasiga uning” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 6-bandda: “a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; “v” kichik banddan “Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasining hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1, 1a va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-avgustdagi 679-son qarorida: a) 1-bandda: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 25 va 251-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 26-band “uslubiy birlashmalari rahbarlari” so‘zlaridan keyin “o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin”; g) 301 va 302-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi”; e) quyidagi mazmundagi 331-band bilan to‘ldirilsin: “331. Pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanadi”; j) 34-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; z) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish SXEMASI
Download 47.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling