Qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
Download 105.07 Kb. Pdf ko'rish
|
210-сон 14.04.2021
3-bob. Jamg‘armani boshqarish
9. Jamg‘armaning boshqaruv organlari Jamg‘arma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasidan (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) iborat. 10. Vasiylik kengashi Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Vasiylik kengashi raisi vazifasini amalga oshiradi. 11. Vasiylik kengashi a’zolari bir vaqtning o‘zida Direksiyada mehnat faoliyatini yuritishi mumkin emas. 12. Vasiylik kengashi: Jamg‘armaning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishini tashkil qiladi; Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar yillik parametrlarini hamda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi; umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma daromadlari (manbalar bo‘yicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi; Direksiyani saqlash xarajatlari smetasini, shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lgan taqdirda, tasdiqlangan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi; Direksiya ijrochi direktorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishga ko‘maklashadi; Jamg‘arma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 13. Vasiylik kengashi Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert guruhlari tashkil qilishi mumkin. 14. Vasiylik kengashi majlislari zaruratga ko‘ra o‘tkaziladi. Vasiylik kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Vasiylik kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 15. Direksiya Jamg‘armaning ijro organi hisoblanadi. Unga Vasiylik kengashi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi. 16. Direksiya: Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi; mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari, moliyalashtirishni to‘xtatib turadi, keyinchalik ushbu masalani Vasiylik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi; Jamg‘armaga o‘tkazilgan pul mablag‘larining amalda tushgan summasi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistik ma’lumotlarni so‘rab oladi; Vasiylik kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtiradi; Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantiradi; tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha tushgan buyurtmalarni to‘playdi, ularni umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga kiritadi; Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Vasiylik kengashiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 17. Direksiya ijrochi direktori: Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi; Direksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, qonunchilik hujjatlari, Respublika xotin-qizlar jamotchilik kengashi qarorlari va Vasiylik kengashi qarorlari bilan Jamg‘armaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil etadi; Direksiya, uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlarga, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘radi; Direksiya xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ularni rag‘batlantirish haqida buyruqlar chiqaradi; davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi; Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini tahlil qiladi va ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘radi; jismoniy va yuridik shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni, shu jumladan, kredit, xo‘jalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi, Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi; shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Direksiya ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi; Direksiyaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi; Jamg‘arma nomidan sudga va boshqa davlat organlariga da’volar taqdim etadi; Direksiya xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 18. Direksiyaning ta’minoti budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Download 105.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling