Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.63 Mb.
bet34/39
Sana09.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1760250
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
yo\'l harakati

2. Tik chiziqlar
Tik chiziqlar — yo‘l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi;
2.2 — tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
2.3 — ajratish bo‘laklaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
2.4 — yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
2.5 — yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi;
2.6 — boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi;
2.7 — xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.


Oldingi tahrirga qarang.

(yotiq chiziqlarning grafik chizmalar qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Yo‘l harakati qoidalariga
3-ILOVA
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi
SHARTLAR
1.Tormoz tizimlari
1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi o‘zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentida belgilangan talablarga mos kelmasa.
1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.
1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MP dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lsa. o‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo‘lsa.
1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.
1.6. To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
to‘la aslahalangan holatda transport vositalarini 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
M toifa uchun 25 foiz, N toifa uchun 31 foiz.
Izoh:
To‘xtab turish tormoz tizimi sinovdan o‘tkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo‘lishi kerak.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling