o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga
doir kompleks chora-
tadbirlar
dasturining
7-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahri hokimliklari,
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori
bilan tasdiqlangan Davlat
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona
maktab formasini joriy
etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning
20-bandidan
“yoshlar yetakchisi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib
olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya
to‘lash tartibi to‘g‘risida
nizomda
:
a)
10-band
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar
toifasiga mansubligini
tasdiqlovchi hujjatlar (fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuqori natijalarga
erishganligini,
turli musobaqalar, tanlovlar yoki olimpiadalarning sovrindori bo‘lganini yoxud
mehnat jamoasida alohida namuna ko‘rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlar)”;
b) 15-bandning
o‘ninchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi — ariza
beruvchining alohida namuna
ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini (mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga
asosan)”;
v)
1-ilova
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joy sotib olish yoki yakka
tartibdagi uy-joylarni qurish va
rekonstruksiya qilish uchun
fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi
to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: