Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

3. Direktor o‘rinbosari (ta’lim muassasalaridagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda xalqaro
aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha)


1. Xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball
to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini
qoplab berish
nafar
2. Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq
imkoniyat yaratish
ta
3. Ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik
faoliyatiga jalb etish
ming nafar
4. Yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini
yo‘lga qo‘yish
dona
5. “Imkon ta’lim” granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni
axborot texnologiyalari sohasining “Veb dasturlash”, “Grafik
dizayn”, “Sotsial media marketing” va shu kabi yo‘nalishlarda
grant asosida bepul o‘qitish
nafar
6. “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi
tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini va
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish
tizimini joriy qilish
ming nafar
7. Yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini
oshirish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish
ta
8. O‘zbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yo‘llari,
hududlar va tashkilotlarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar
natijadorligi hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy
hujjatlar tayyorlash
ta
9. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
nafar
10. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali
topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi
dona
9. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son 
qarorida
:
a) 1-ilovaning 
5-bandi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatiga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchining o‘qish
xarajati bir qismini qoplab beradi”;
b) 
2-ilovada
:
5-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Vasiylik kengashi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida
tarbiyalangan yoshlarning ushbu muassasalarda tarbiyalanganini tasdiqlovchi hujjatlarni, “Yoshlar
daftari”ga kiritilgan ariza beruvchilarning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganini
o‘rganib, ariza beruvchilarning murojaatiga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) mablag‘lari hisobidan
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi mumkin”;
6-banddagi 
“6-7-bandlarida” so‘zlari “3-4-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 
5-ilovada
:
1-banddagi 
“oilalarning farzandlariga” so‘zlari “yoshlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-banddagi 
“oilalar farzandlariga” so‘zlari “yoshlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-bandning 
uchinchi xatboshisidan 
“oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;


5-banddan 
“oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
12-banddan 
“oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
13-banddan 
“oilasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14-bandning 
“a” kichik bandidagi 
“oilasi” so‘zi “uning” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-bandning 
ikkinchi xatboshisida 
“oilasi” so‘zi “o‘quvchilarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
ilovada
:
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oilasi” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
g)
 6-ilovada
:
2-bandning 
oltinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kompensatsiya – kompyuter sotib olish uchun ajratilgan iste’mol kreditiga hisoblanadigan
barcha foizlarni qoplash (kompensatsiya qilish) maqsadida vakolatli organning hududiy
bo‘linmalari tomonidan har oyda bankka o‘tkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining
nomiga ochilgan tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘”;
9-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza
beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda
ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron
tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
kreditning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish to‘g‘risidagi ariza;
ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) (agar ariza
sertifikat olgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami
(JShShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida
sertifikat nusxasi (pdf shaklda) va uning haqiqiyligini tekshirish uchun sertifikatni taqdim etgan
tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan
taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul
hisoblanadi”;
16-bandda
:
uchinchi xatboshidagi 
“60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidan 
“va to‘g‘riligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
18-banddan 
ikkinchi xatboshi 
chiqarib tashlansin;
19-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Verifikatsiya natijasiga ko‘ra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda kompensatsiya
to‘lanmaydi va bu haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi”;
22-banddagi 
“bir ish kuni mobaynida” so‘zlari “har oyning 15-kunida” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
23-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari
tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari


ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib
boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini
qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi”;
1-ilovada
:
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni “ilova qilgan holda” so‘zlaridan keyin “sertifikatni taqdim
etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasini ko‘rsatib” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “Tadbirlar” va “Ijro muddatlari” ustunlaridan ikkinchi xatboshilar chiqarib
tashlansin;
5-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “Bir ish kuni mobaynida” so‘zlari “har oyning 15-
kuniga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat
budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari
tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari
ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib
boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini
qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi”;
2-ilova 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi
doirasida o‘quv kurslarini
muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat
olgan yoshlarga kompyuter xaridlari
uchun iste’mol kreditlari ajratish
hamda mazkur kreditlarning foiz
to‘lovlarini kompensatsiya qilishning
ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling