Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi****
- Jami ball: 50
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar
1. “labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti 10 Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi 2. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 10 Tuman (shahar) hokimligi 3. Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar** 10 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi 4. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** 10 Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘�imi 5. Yagona (yolg‘iz) boquvchiga ega bo‘lgan oila (erkak yoki ayol) 9 6. Boshqalar 0 IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi**** 1. Birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs 10 Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi 2. Surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi 10 3. Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan 10 Jami ball: 50 Izoh. * To‘liq o‘z mulkida uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi. ** Mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan ball beriladi. *** III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha ball berilmaydi. Shuningdek, IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha ball berilmaydi. **** III va IV bo‘limlar bo‘yicha ball bitta mezonga beriladi”; d) 4-ilovada : 2-bosqich “Tadbirlar” ustuni “Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga” so‘zlaridan keyin “va mahalladagi yoshlar yetakchisiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 3-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlaridan keyin “mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomda : a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi”; b) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm- fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish; yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash; ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish; yoshlarning intellektual rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish; yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish”; v) 12-bandda : “a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi”; “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yoshlarning ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, zarur hollarda ushbu vazifalarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi; o‘z vakolatlari doirasida yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi; davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; yoshlarga oid qonunchilik hujjatlari ijrosining holati to‘g‘risidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; “Yoshlar balansi”ni shakllantiradi, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib boradi, ular bilan samarali ish tashkil qiladi”; “g” kichik bandda : birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm- fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “bolalarning har tomonlama, uyg‘un rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga ko‘maklashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek, ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi”; “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “d) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish sohasida: yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z iqtidor va iste’dodlarini to‘laqonli namoyon etishlari hamda imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishlariga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlarning huquqlari va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi; yoshlar o‘rtasida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan, shuningdek, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi; yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatda ishtirok etadi; yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha tegishli tadbirlarni belgilaydi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart- sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda ko‘maklashadi”; “z” kichik band “j” kichik band deb o‘qilsin; “j” va “i” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha ishlar holatini muntazam ravishda o‘rganadi, ularni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi; ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ishga joylashtirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatadi, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi; o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi; i) iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish sohasida: yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va san’atga bo‘lgan intilishini qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi, yoshlar o‘rtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi; yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalarni rag‘batlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi; yoshlar, yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va o‘tkazadi; yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga keng jalb qilish choralarini ko‘radi; yoshlar o‘rtasida volontyorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yosh xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etadi”; quyidagi mazmundagi “i ” kichik band bilan to‘ldirilsin: “i ) yoshlarning intellektual rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish sohasida: yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar o‘tkazadi; yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratadi; intellektual o‘yinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual o‘yinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi”; g) 19-bandda : “a” , “b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: a) direktorning birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari: davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining yoshlarga oid siyosatini muvofiqlashtirish; mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash; besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; b) direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari: yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish; yoshlar o‘rtasida innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish; yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; v) direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari: ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash; yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish; yoshlar o‘rtasida volontyorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; yoshlar tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish”; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; “g” kichik band chiqarib tashlansin; d) quyidagi mazmundagi 19 -band bilan to‘ldirilsin: 19 . Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan faoliyatlaridan kelib chiqib, quyidagilar direktor o‘rinbosarlarining maqsadli vazifalari hisoblanadi: 1 1 1 1 1) direktorning birinchi o‘rinbosari (yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtirish, mahalladagi yoshlar bilan ishlash va besh muhim tashabbus loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha): mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish; vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish; Besh muhim tashabbus doirasidagi ishlarni tizimli ravishda muvofiqlashtirish orqali yoshlar qamrovini kengaytirish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi. 2) Direktor o‘rinbosari (yoshlar bandligiga ko‘maklashish va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha): “Yoshlar daftari”ni tizimli ravishda yuritish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kompensatsiya qilish; “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish; professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tgan vaqtida har oylik subsidiya ajratish; yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish; yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish; yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi targ‘ibot materiallarini chop etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi. 3) Direktor o‘rinbosari (ta’lim muassasalaridagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha): xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish; yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish; ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga jalb etish; yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; “Imkon ta’lim” granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni axborot texnologiyalari sohasining “Veb dasturlash”, “Grafik dizayn”, “Sotsial media marketing” va shu kabi yo‘nalishlarda grant asosida bepul o‘qitish; “Mehribonlik” uylari Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish tizimini joriy qilish; yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini oshirish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; O‘zbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yo‘llari, hududlar va tashkilotlarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar natijadorligi hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy hujjatlar tayyorlash; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi”; e) 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ushbu Nizomning 19 va 19 -bandlarida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi”; j) quyidagi mazmundagi 40 -band bilan to‘ldirilsin: “40 . Hududlarda yangi mahallalar tashkil etilganda Agentlikning tegishli tuman (shahar) bo‘limiga qo‘shimcha mahalladagi yoshlar yetakchisi shtat birligi ajratiladi va ularni saqlash xarajatlari (moddiy-texnik ta’minoti, ish haqi, lavozim maoshi, qo‘shimchalar, ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar) Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratiladigan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qarorida : a) 2 , 3 , 4 , 5 , 6 va 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 1 , 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 28- apreldagi 250-son qarorida : a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; b) 4-banddan “v” kichik band chiqarib tashlansin; v) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Belgilab qo‘yilsinki, “Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul hisoblanadi”; d) 9-bandda: birinchi xatboshidagi ““Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ning” so‘zlari ““Temir daftar”ning” so‘zlari bilan almashtirilsin; “b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; e) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda : a) 3-banddagi “bo‘linmalari va” so‘zlari “boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda – hududiy bo‘linmalar) hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-band : quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: 1 1 1 “yoshlarni zamonaviy kasbga o‘rgatish, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish; ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish; ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish; yoshlarni ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish; “Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va yuritish, xorijda sayyor qabullarni o‘tkazish vaqtida aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini hal qilish bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish; har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilarini bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan, shuningdek, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalladagi yoshlar yetakchilarini har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlash; faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilarini “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash; yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish; boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab berish”; o‘n sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha yigirma yettinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 9-bandda : birinchi xatboshidagi “hududiy boshqarmalar” so‘zlaridan keyin “va tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshidagi “400 mln so‘mdan” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 1600 baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “100 mln so‘mdan” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Agentliklar rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarining XII bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin: Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling