Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

3-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va
ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam
ko‘rsatish tartibi
9. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam
ushbu Nizomga 
2-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq har bir individual holatda ariza beruvchining
hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda
bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda to‘lab
beriladi.
10. Ariza beruvchi bir martalik moddiy yordam ajratishni so‘rab mahalladagi yoshlar
yetakchisiga ariza beradi.
11. Mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va
holatini o‘rganadi hamda moddiy yordam ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risida
xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi.
12. Mahalladagi yoshlar yetakchisining moddiy yordam ajratish haqidagi ijobiy tavsiyasi
asosida Vasiylik kengashi qarori qabul qilinib, yetti ish kuni ichida tuman (shahar)lar hokimliklariga
yuboriladi.
Vasiylik kengashi qarori asosida tuman (shahar)lar hokimliklari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni uch ish kuni ichida Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali)ga
o‘tkazadi.
13. Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini
uch ish kuni ichida ariza beruvchiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beradi.
Oyning oxirgi ish kunida qaydnomalar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib
olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi
va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi.
Shuningdek, oyning 27-kuniga qadar to‘lanmagan moddiy yordamga yo‘naltirilgan
mablag‘lar har oyning oxirida tegishli hisob raqamlarga qaytariladi. Qaydnomaning bir nusxasi


Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi.
Ariza beruvchi tomonidan talab qilib olinmagan moddiy yordam mablag‘larini qonunchilikda
belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisob raqamiga qaytarish choralari ko‘riladi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi muhtoj yoshlarga to‘langan bir martalik
moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlar qaydnoma nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab uch
kun muddatda elektron platformadagi yoshlarning individual so‘rovnomasiga kiritilishini
ta’minlaydi.
Bunda Xalq bankining tegishli axborot tizimidagi ma’lumotlar bo‘yicha elektron platforma
bilan o‘zaro axborot almashinuvi tizimi joriy etilgandan so‘ng elektron qaydnoma nusxasini taqdim
etish hamda yoshlarning individual so‘rovnomasiga kiritish talab etilmaydi.
14. Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga asos
bo‘lmaydi.
15. Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling