Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

9-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport,
san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish tartibi
42. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli
o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning bir baravarigacha miqdorda mahalladagi yoshlar
yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu
Nizomga 
10-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining
Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ham qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin.
43. Ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qish uchun subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga
o‘zi va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘qitiladigan ta’lim turi, o‘quv
kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish
kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan
mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma
yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni
rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza
beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning
murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
44. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish
haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar
ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan nodavlat
ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
45. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchi haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligi
to‘g‘risida har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi tomonidan o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan
taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi uchun subsidiya berish
to‘xtatiladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling