Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

18-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash
78. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligiga quyidagi yo‘nalishlarda
ko‘maklashiladi:
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka
ko‘maklashish markazlari tomonidan “Ishga marhamat” monomarkazlari, davlat va nodavlat kasb-
hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida kasb-hunarga va
tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band
qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari
bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) investitsiya bo‘limlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari hamkorligida
tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda yoshlar uchun yaratilayotgan
yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish
markazlari hamda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va
zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
o‘rinbosarlari, tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan
birgalikda fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlariga jalb qilish, shuningdek,
dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer
maydonlarini 0,10 gektardan 1 gektargacha belgilangan tartibda ochiq elektron tanlov orqali 10
yilga ijaraga yer berish;
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish
markazlari, tuman (shahar) hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar
va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, qurilish bo‘limlari bilan birgalikda
hududdagi qurilish ishlariga jalb qilish;
tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Yoshlar ishlari
agentligi hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda yoshlar bandligiga
ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni
rag‘batlantirish maqsadida subsidiyalar ajratishga ko‘maklashish.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling