Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

13-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik
xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi
59. Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar
hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 4
baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu
Nizomga
 14-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish
respublika markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va
tumanlararo namunali markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika
reabilitatsiya markazi, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi, ta’lim muassasalari va xususiy
tashkilotlarning malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar beriladi.
60. Ariza beruvchi pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni
so‘rab mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.
Yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatini o‘rganib,
Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlar bilan tavsiyanoma taqdim etadi:
psixolog tomonidan berilgan ariza beruvchining psixologik yordamga muhtojligi to‘g‘risidagi
xulosa;
psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot va ariza beruvchi o‘rtasida
tuzilgan shartnoma nusxasi. Shartnomada tashkilotning nomi, STIR, ko‘rsatiladigan xizmat
summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
61. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashi subsidiya
ajratish haqida qaror qabul qiladi.
Mazkur qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan uch ish kuni ichida psixologik
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini ko‘rsatuvchi
tashkilotning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling