Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-
iyundagi 312-son 
qaroriga
1-ILOVA


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman
(shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar
daftari” jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi), shuningdek,
tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar)
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi) tashkil etish, ularning mablag‘larini shakllantirish va ushbu
mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga,
shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashlari qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladi.
3. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik boshqarmalarida, shuningdek, tuman
(shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlarida
alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
2-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish
manbalari
4. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda
ajratiladigan mablag‘lar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va
grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdoridagi
mablag‘lar har chorakda, birinchi navbatda, tegishli hududning qo‘shimcha manbalari nisbatan
kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga o‘tkazib borish
yuzasidan takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent
shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritib borsin.
5. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ajratmalar;
tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan qismining kamida 15
foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-
son Farmonining 
12-bandida 
belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 
3-ilovaga 
muvofiq
miqdordagi mablag‘lar;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va
grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar,
shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu Nizomning 
4-bandida 
nazarda tutilgan manbalar
hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini o‘z vaqtida va
to‘liq shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.



Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling