Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
11-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot
texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlarini qoplash tartibi 50. Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 12-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ijaraga beruvchi tashkilotga qoplab beriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qiyotgan jami fuqarolarning eng kamida beshdan bir qismi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lsa, o‘quv markaziga ushbu imkoniyatdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin. 51. Noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash uchun nodavlat ta’lim tashkiloti nomidan ish yuritish vakolatiga ega shaxs — ariza beruvchi Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tadbirkorlik subyekti guvohnomasi nusxasi; ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma; ijara shartnomasi nusxasi. Bunda, ijara shartnomasida ijaraga beruvchining nomi, STIR, ijaraning bir oylik to‘lovi miqdori ko‘rsatilishi lozim; nodavlat ta’lim tashkilotida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumiy soni va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar soni to‘g‘risida ma’lumot. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida ijara xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda ijara xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi. Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki ijara xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi. 52. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan ijara xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng ariza beruvchi bino va inshootdan foydalanayotganligi to‘g‘risida ijaraga beruvchi bilan har oy yakuni bo‘yicha tuziladigan va keyingi oyning 5-kunigacha taqdim etiladigan hisob-fakturaga va dalolatnomaga asosan Vasiylik kengashi bino va inshootning ijara haqi uchun to‘lovni uch ish kuni ichida ijaraga beruvchining hisob raqamiga o‘tkazadi. 53. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga olingan bino va inshootning ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda foydalanilayotganligini har oy mobaynida kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi. O‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan bino va inshootdan foydalanilmayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan ijara to‘lovi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling