Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
8-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot
texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi 38. Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 9-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi. Bunda ariza beruvchiga “1+1” tamoyili asosida bir vaqtning o‘zida zamonaviy kasb yoki axborot texnologiyalar o‘quv kursi bilan birgalikda xorijiy til o‘quv kursida o‘qish xarajatlari uchun ham subsidiya ajratilishi mumkin. Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin. 39. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi. Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘qitiladigan zamonaviy kasb, xorijiy til turi yoki axborot texnologiyalar yo‘nalishi, o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi. Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi. 40. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan nodavlat ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi. 41. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchi tomonidan haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi. O‘rganish jarayonida ariza beruvchi tomonidan o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling