Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

6-bob. Yakunlovchi qoidalar
93. Ushbu Nizomga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ko‘rsatiladigan ko‘mak ariza beruvchilarning arizalariga asosan ularning ehtiyoji va xohish-
istaklarini o‘rganish natijalariga asosan tegishliligi bo‘yicha yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi
tavsiyasiga ko‘ra Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi tomonidan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib,
natijasi bo‘yicha “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘mak berish yoki rad etish
to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qilinadi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘mak berish asoslangan holda rad
etilgan taqdirda, Vasiylik kengashining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni
ichida bu haqida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
94. Yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha xalq deputatlari
tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa
yo‘nalishlar bo‘yicha ham yoshlarga moddiy va ijtimoiy yordam berilishi mumkin.
95. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari elektron platformada “Yoshlar daftari”ni yuritish bilan
bog‘liq masalalar to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi hamda unga ma’lumotlarni kiritish va
chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida barcha
hisobotlar elektron platformada shakllantiriladi.
96. 
“Yoshlar 
daftari”ga 
kiritilgan 
yoshlarni 
qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha 
ishlarni
muvofiqlashtirish:


mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) hokimining
yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar
ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari;
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy
rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy
boshqarmalari boshliqlari;
viloyat darajasida — Yoshlar ishlari agentligi, sektorlar, tegishli vazirliklar va idoralar;
respublika darajasida — Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish
bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
97. Yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir yoshlarning
aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar elektron platformaga kiritib
boriladi.
98. Yoshlar ishlari agentligi elektron platformaga ma’lumotlarning kiritilishi yuzasidan
monitoring yuritadi.
99. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan
“Yoshlar dasturi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar)
kengashida muhokama qilinadi.
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar va tashkilot
rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
100. Yoshlar ishlari agentligi “Yoshlar daftari”ga yuritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
haqida hududiy bo‘linmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda
mahalliy hokimliklar bilan har oy yakuni bilan tahlil qiladi.
Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar bo‘yicha bartaraf
etish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha
respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi.
101. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar
“Yoshlar dasturi” ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etadi.
102. “Yoshlar dasturi” va “Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan vazirliklar,
idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini Mahallalarda
yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar
Mahkamasining Rayosat majlisida ko‘rib chiqish uchun har chorak yakunida “Yoshlar daftari”
yuritilishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
103. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika
komissiyasi kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga baho beradi, choralar ko‘radi,
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va ijroga yo‘naltirilishini
ta’minlaydi.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali
yoshlar muammolarini tizimli
ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
1-ILOVA

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling