Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

19-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish
79. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda
ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
a) Savdo-sanoat palatasi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan:
48 soatlik (haftalik) o‘quv dasturi asosida o‘quv kurslarida tadbirkorlikka bepul o‘qitiladi;


o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarning o‘zini o‘zi daromadli
mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari
yaratishga) qaratilgan loyihalarini tuzish va amalga oshirishga ko‘maklashadi;
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari
orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratiladi.
“Mikrokreditbank” ATB “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga
kredit olishda ko‘maklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini
yuritish va kredit ajratilgandan so‘ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo‘llab-
quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
80. Kreditlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan
yoshlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bunda:
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga, shu jumladan, yoshlarga o‘z biznesini
tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi kreditlar garovsiz;
kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib
olinayotgan mol-mulk garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining
kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million
so‘mgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy
ehtiyoj uchun avtotransport sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport
vositasining ta’minoti, mebel, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda
qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 14 foizlik stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3
yilgacha muddatga;
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qo‘y va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum
yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va
asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga
ajratiladi.
81. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan
maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan
ajratiladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan yoshlarga ayrim turdagi faoliyatni
amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur
xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million so‘mgacha
miqdorda kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar)
filiallari tomonidan “Yoshlar daftari”da hisobda turgan yoshlarning qat’iy navbatma-navbat
murojaat qilishi asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona platformasi orqali
ajratiladi.
82. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan yoshlarning doimiy bandligini
ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan
bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi
doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni
doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga
qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar


hisobidan 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir
yosh uchun 33 million so‘mgacha miqdorda mutanosib ravishda belgilanadi.
83. Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari
joylarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yoshlarning tadbirkorlik
ko‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko‘maklashadi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling