QQQT ta`riflari. QQQT - bu modellardan foydalanish asosida menejerga qaror qabul qilishda yordam beradigan ma'lumotlar va mulohazalarni qayta ishlash protseduralari to'plamidir.
QQQT - bu interaktiv avtomatlashtirilgan tizimlar bo`lib, yarim tuzilmali ma`lumotlar muammolarni hal qilish uchun ma'lumotlar va modellardan foydalanishga yordam beradigan interaktiv avtomatlashtirilgan tizimlardir.
QQQT - bu foydalanuvchilarga eng yaxshi qarorlar qabul qilishlari uchun ma'lumotlar yoki modellarga kirishni ta'minlaydigan tizimdir.
QQQT - foydalanuvchiga (QQSh) identifikatsiya qilish, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish uchun ma'lumotlar va modellardan foydalanishga yordam beradigan interaktiv avtomatlashtirilgan tizimdir
QQQT - quyidagi to'rtta asosiy xususiyatga ega :
QQQT ma'lumotlardan ham, modellardan ham foydalanadi;
QQQT menejerlarga vazifalarini bajarishda yarim tuzilgan va tuzilmagan ma`lumotlar bo'yicha qaror qabul qilish uchun mo'ljallangan bo`lishi kerak;
Ular boshqaruv qarorlarini qabul qilishni emas, balki qo'llab-quvvatlashi lozim;
QQQT maqsadi qarorlar samaradorligini oshirish bo`lishi lozim.
Ideal QQQT xususiyatlari:
yarim tuzilgan yechimlar bilan ishlash;
turli darajadagi qaror qabul qiluvchilar uchun mo'ljallangan;
guruh va individual foydalanish uchun moslashtirilishi mumkin;
o'zaro bog'liq va ketma-ket echimlarni qo'llab-quvvatlash;
qaror qabul qiluvchilar guruhi tomonidan muammoni hal qilishda foydali bo'lishi mumkin bo'lgan yechimning turli uslublari va usullarini qo'llab-quvvatlash;
qaror qabul qilish jarayonining samaradorligini oshirish;
shaxsga kompyuter yordamida qaror qabul qilish jarayonini boshqarish imkonini berish;
evolyutsion foydalanishni qo'llab-quvvatlash va o'zgaruvchan talablarga osongina moslashash;
simulyatsiyani qo'llab-quvvatlash;
bilimlardan foydalanish imkonini berish.
Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim darajalari.
Hal etiladigan vazifalarning murakkabligiva qo’llanilish sohasiga bog’liq xolda QQQTning 3-ta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |