Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Qishloq xo‘jaligini kooperatsiyalashtirish va agrosanoat majmuasini integratsiyalashtirish
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligi kooperativi
- Kooperativning asosiy a‘zo!ari
Qishloq xo‘jaligini kooperatsiyalashtirish va agrosanoat majmuasini integratsiyalashtirish
Kooperatsiya hamkorlikni bildiradi va ko‘plab tashkiliy shakllar orqali realizatsiya qilinadi. Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi - bu qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlarining iqtisodiy va boshqa talablarini qondirish maqsadida tashkil etilgan qishloq xo‘jalik kooperativlari va ulaming ittifoqlarming tizimi. Qishloq xo‘jaligi kooperativi - bu xo‘jalik yuritishning tashkiliy- huquqiy formalaridan biri. U qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan kooperativ a‘zolarining moddiy va boshqa talablarini qondirish maqsadida pay badallarini birlashtirishga asoslangan hamkorlikdagi ishlab chiqarish va boshqacha xo‘jalik faoliyat yuritish tashkilotlarini bildiradi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari boshqa kooperativlardan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tuzilishi bilan farqlanadi. “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi” tushunchasi kooperativni qishloq xo‘jaligi statusiga nisbatan asos soluvchi yetakchisidir. U ishlab chiqaradigan mahsulot hajmining 50% dan ortig‘ini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etishi kerak. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi va shakllanadi: a‘zolikning ixtiyoriyligi; kooperativ a'zolari uchun o‘zaro yordam va iqtisodiy foydaning ta’minlanganligi; kooperativning daromad va zararlarini a‘zolaming shaxsan mehnat ishtiroki yoki kooperativning xo‘jalik faoliyatida qatnashuvini hisobga olgan holda taqsimlash; kooperativ a‘zosi bo‘lmagan shaxslaming xo‘jalik faoliyatida ishtirokini cheklash; kooperativ a‘zolaming qo‘shimcha pay badallari va uyushma a‘zolarining pay badallari bo‘yicha dividendlami cheklash; kooperativ faoliyatim demokratik asosda, bitta a‘zo - bitta ovoz tamoyili asosida boshqarish; kooperativning hamma a‘zolari uchun uning faoliyati haqidagi axborotlaming yetkazilishi. Bu tamoyillar jahon amaliyotida kooperatsiyaning 150 yillik tarixi davomida ishlab chiqilgan. Kooperativ a‘zolari asosiy va uyushma shakllariga bo‘linadi. Kooperativning asosiy a‘zo!ari kooperativ ustav (nizom)ida belgilangan o‘lchamda va kooperativga ovoz berish huquqi bilan pay badali kiritgan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Uyushma shaklidagi kooperativ a‘zolari esa dividend olish uchun pay badallari kiritadigan, lekin qonunda ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar sanaladi. Kooperativning asosiy a‘zolari yoshi bo‘yicha yoki salomatligi tufayli nafaqaga chiqishi, kooperativdan tashqarida saylanadigan lavozimga o‘tishi, harbiy xizmatda bo‘lishi va kooperativ nizomida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarga ko‘ra, o‘z a’zoliklarim uyushma asosida qayta rasmiylashtirishi mumkin. Pay badallarining uchta turi mavjud: kooperativning asosiy a’zolari uchun majburiy va qo‘shimcha hamda kooperatsiyaning uyushma a‘zolari uchun pay badallari. Majburiy pay badali kooperativ a‘zolari tomonidan majburiy toianadi. Uyushma a‘zolarming pay badali olchami uyushma a‘zosi bilan tuzilgan shartnomaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga mos ravishda aniqlanadi. Kooperativ faoliyatida ishtirok etgani uchun uning a‘zolari daromad- laming turli xilini oladilar: kooperativ tolovlar, dividendlar va ish xaqi. Kooperativ to‘lovlar - kooperativning asosiy a‘zolari orasida ulaming kooperativ faoliyatiga qo‘shayotgan hissasi, mebnatiga ko‘ra taqsim- lanadigan daromadning bir qismi. Dividendlar - asosiy a‘zolaming qo‘shimcha paylari va kooperativning uyushma a‘zolari paylari bo‘yicha to‘lanadigan kooperativ daromadining bir qismi. Faoliyatlarini amalga oshirish uchun kooperativlar ishchilami, kooperativning a‘zosi bo‘lmagan va ma‘lum mutaxassislik, kasb yoki lavozimga mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha shaxslami yollash huquqiga ega. Iste’molchilar kooperativlari o‘z a‘zolari orasidan ham ishchilar yollashi mumkin. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ishlab chiqarish va iste’molchilik shaklida tuzilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish kooperativi - fermerlar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkiloti. Shu- ningdek u kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man etilmagan faoliyatlami bajarish uchun ham tuziladi. Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o‘ziga xos xususiyati shundaki, kooperativning asosiy a‘zolari uning faoliyatida shaxsan o‘z mehnatlari bilan ishtirok etadilar. Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi daromad topishdir. Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo‘jaligi korxonalari kiradi. Kooperativ xo'jaligi dehqon va fermer xo‘jaliklari boshliqlari va yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa faoliyatlami bajarish uchun tashkil etiladi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi orasidagi aloqa integrateiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Integratsiya ikki turga: gorizontal va vertikal integratsiyalanishlarga bo‘linadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling