rasm. Qishloq xo‘jalik yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi
rasm. Yerdan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yo‘llari
Havza boshqarmasi o‘z funktsiyalariga ega bo‘lib, suvdan foydalanish bashoratini umumlashtiradi, 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga suv limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, magistral kanal (tizim) lar, suv xo‘jaligi ob‘ektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilab beradi. Shuningdek, suv xo‘jaligi va suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi hisob-kitob ishlarini yuritadi, suv resurslari balansini tuzadi, suv kadastrlarini yuritadi. Suv o‘lchash vositalari ta‘minoti, aloqa, avtomatika, telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi; tizimlami rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va ulami amalga oshiradi; havza suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish strategik rejalami tuzadi; investitsiyalar kiritadi; irrigatsiya tizimlari va inshootlarini jihozlash va rekonstraktsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, suv resursla- rining byudjet mablag‘larini belgilab beradi va hokazo (6.2-rasm).
Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun esa yerdan foydalanuvchilar ham bir qancha qonun- qoidalarga rioya etishlari kerak.
Bular quyidagilar:
yer resurslaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;
tabiiy resurs-ob ‘ ekt bo ‘ lmish yerga zarar yetkizmaslik;
yer uchastkasini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasini bir yil ichida o‘zlashtirish;
yer uchastkalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda uning holatiga, unumdorligiga e’tibor berish;
yer uchastkalarini turli kimyoviy o‘g‘itlar, zahri qotil ximikatlar bilan zararlantirib, nochor ahvolga solmaslik;
yerga sarflanayotgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va undan kelayotgan daromadni to‘g‘ri sarflash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |