0‘zbekiston Respublikasida suvga bo‘lgan talabni qondirish muammolarini yechish barchaning zimmasidagi vazifadir. Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlashda suv ob‘ektlaridan tejamli foydalanish, suvni me‘yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solish zarurdir. Suv bilan ta’minlash va sug‘orish ishlarini magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob‘ektlari bajaradi. Suvlardan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi rejalariga asosan amalga oshiriladi.
belgilandi. Farmonga muvofiq respublika qisliloq va suv xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv xo‘jaligida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma'muriy-hududiy boshqarishdan havzaviy boshqarish printsipiga o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini
qayta qurish jarayoni uch yo‘naUsh bo‘yicha amalga oshirilmoqda.