Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashma- si(uyushmasi)dir.
Suv iste’molchilari - fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo'yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar. Suv iste’molchilari - cheklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik hamda boshqa faoliyatlami amalga oshruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroridan). SIU o‘z a‘zolari bo‘lgan suvdan foydalanuvchilarga sug‘orish tarmog‘idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish imkoniyatini beradi. Suv iste’molchilari SIU ning moliyaviy boshqaruvini oshkora tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilami birlashtirgan holda nafaqat suv xo‘jaligi, balki qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq umumiy muammolami hal qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlaming sabab va oqibatlari o‘rganihb, suvlardan foydalanish samaradoriigi oshiriladi. Suv iste’molchilari qonunlarda belgilangan tartibda imgatsiya- melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagilar: Suv resurslaridan foydalanishda suvning aniq hisob-kitobmi joyiga qo‘yish; Suv o‘lchash qurilmasi, ya’ni gidropostlar qurilishini tashkil etish; Qishloq xo‘jalik korxonasida ekin maydonlari atrofidagi ariq, kanal va zovurlar tozaligini doimiy nazorat qilish; Eng asosiysi, suv sarfi isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik. Belgilangan suv limitlari asosida suvdan tejamli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va hokazolar. Xo‘jaliklardagi mirohlarning roli pasayib, xo‘jalik boshliqlari irrigatsiya ishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari bilgancha bajarishi oqibatida suv ta‘minotining buzilishi kundan-kunga ko‘paymoqda. Hatto xo‘jalik ichidagi suv bo‘linadigan inshootlarning darvozalari e’tiborsizlik tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan. Suv taqsimoti ayrim xo‘jaliklarda eski usul bilan taxminiy ravishda bajarilayotganini inobatga olib, shu kamchiliklami tugatish bilan suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. (6.1-rasm). Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun suv ta‘minoti tizimini zarur asbob-uskunalar, texnika va mablag‘lar bilan ta‘minlanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlariga mos ravishda shakllantirib, iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish maqsadga mubofiqdir. Suv ta‘minoti korxonalarining asosiy vazifasi iste’molchilariga suvni o‘z vaqtida shartnoma asosida yetkazib berish va suv uchun sarf-xarajatlami kamaytirishdan iborat. Respublikamizdagi mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari, xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ulaming hududiy bo‘linmalari negizida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzildi. Havza boshqarmasining vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik korxonasida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatishdan iborat. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling