Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-rasm. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi


Download 1.68 Mb.
bet71/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

7.1-rasm. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi

Mulk shakllariga ko‘ra, resurslar ham turkumlanadi. Masalan, fermer o‘zi texnika vositasini sotib oladi yoki uni ijaraga oladi va hokazo. Xo‘jalik sub‘ektlari bo‘yicha taqsimlashda resurslarning kim tomonidan foydalanishi e’tiborga olinadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida ekish ishla- riga kompyutyer kerak emas, chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarishda o‘rim kombayni kerak emas. Shunga ko‘ra, xo‘jalik sub‘ektlarining o‘zi resurslarning kerakligini, talabga javob beradiganini tanlaydi.


Amaliy foydalanish imkoniyati bo‘yicha resurslarning turkumlanishi asosan fan-texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yangi ixtiro qilingan kombayn yoki traktor sinovdan o‘tgach, amalda undan qancha muddat sifatli foydalanish mumkin bo‘ladi, buni albatta ishlab chiqarish jarayoni belgilab beradi.
Yuqoridagilar bilan birga moddiy-texnika resurslari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‘ekt bo‘yicha taqsimlanadi. Bular quyida chizmada aks ettirilgan (7.2-rasm):
Ko‘rmib turibdiki, ishlab chiqarish qatlamiga mansub bo‘lgan moddiy- texnika resurslari tarkibiga asosan qishloq xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi resurslar kiradi. Masalan, qishloq xo‘jalikning o‘zi (dehqonchilik va chorvachilik), qishloq xo‘jalikni qayta ishlovchi va mahalliy sanoat, o‘rmon xo‘jaligi, bahqchilik, qishloq xo‘jaligi qurilishi, savdo-sotiq va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi, moddiy- texnika resurslariga esa uy xo‘jaliklari, uy-joy qurilish xo‘jaliklari, o‘zini- o‘zi boshqarish xo‘jaliklari, sog‘liqni saqlash maskanlari, ta’lim va fan, maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat, ijtimoiy ta‘minot, jamoat transporti va hokazoga xi2mat qiluvchi resurslar kiradi.
Qishloq xo‘jalik infrastrukturasi esa ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish uchun qishloq xo‘jaligida yaratilgan jami shart-sharoitlarni o‘z ichiga oladi. Bunga, ishlab chiqarish uchun va insonlar yashashiga zarur sharoitlar - issiqlik energitikasi, gaz, yorug‘lik bilan ta’minlanganlik, omborxonalar va hokazo resurslar kiradi.





  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling