Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet70/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Beshinchidan, moddiy-texnika vositalarining qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan hissasi boshqa alohida tarmoqlamikiga ко‘та kattaroq bo‘ladi. Bulardan tashqari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda moddiy-texnika vositalaridan foydalanishning yana quyidagi xususiyatlari mavjud:
  • qishloq xo‘jaligining o‘zi mavsumiy xarakterga egaligini inobatga olib, moddiy-texnika vositalaridan foydalanish ham mavsumiy xarakterga egadir. Bu esa, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi;


  • moddiy buyumlashgan ko‘rinishdagi moddiy-texnika resurslari tabiiy sharoitlar ta’siriga uchraydi va ulami saqlash ma‘lum miqdorda sarf-xarajatlarni talab etadi;


  • qishloq xo‘jalikda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari tarkibiga jonli organizmlar, o‘simliMar va chorva mollari ham kiradi;


  • ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim moddiy resurslar shu xo‘jalikning o‘zida yaratiladi (chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak, o‘simlikchilikda urug‘lik, organik o‘g‘itlar va boshqalar).


Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi asosan: kelib chiqishi, moddiy-ashyoviy turi, faoliyat turi, mulk shakllari, xo‘jalik sub‘ektlari tsqsimoti, amalda foydalanish imkoniyatlari va boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Quyidagi chizmada moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi berilgan:


Chizmadan ko‘rinib turibdiki, kelib chiqishiga ko‘ra moddiy-texnika resurslari tabiiy va sun‘iy moddiy resurslariga bo‘linadi. Sun‘iy moddiy- texnika resurslari asosan sanoatda va qisman qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari yordamida ishlab chiqariladi (7.1-rasm).
Tabiiy moddiy-texnika resurslariga biologik, mineral resurslari, quyosh energiyasi, yer, shamol, suv energiyasi, yer-suv resurslari kabilar kiradi. Mineral resurslar, o‘z navbatida, o‘z ichiga yoqilg‘i-energitika qazilmalari (neft, gaz, ko‘mir va hokazo), foydali ruda qazilmalari (temir, rangli metall, oltingugurt va hokazo), shuningdek, boshqa mineral resurslami (qum, tabiiy tosh, loy, bo‘r, torf, ohak va hokazo) qamrab oladi. Moddiy-ashyoviy tarkib bo‘yicha resurslaming turlanishi resurslaming miqdoriga ko‘ra umumiy texnik o‘lchovlar bilan belgilanadi. Bunday resurslarga ishchi mashinalar, ishlab chiqarish inshootlari, texnologik uskunalar, traktorlar, avtomobillar kiradi.
Faoliyat turi bo‘yicha moddiy-texnika resurslari asosan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan bo‘lsa, bajarayotgan vazifasiga ko‘ra, resurslaming taqsimlanishi ko‘zda tutilgan resurslami o‘z ichiga oladi. Masalan, sanoat korxonasi uchun alohida resurslar talab etilsa, qishloq xo‘jalik uchun boshqa resurslar kerak bo‘ladi.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling