Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet78/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

0‘quv maqsadi: Asosiy va aylanma vositalar haqida tushuncha, ulaming iqtisodiy mazmunini va ahamiyatini, fondlarning aktivlami ishlab chiqarishda qatnashishi bo‘yicha guruhlanishi va ulami baholash, asosiy va aylanma vositalar tarkibi va ulardan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish, asosiy va aylanma vositalardan foydalanishning hozirgi holatini tahlil qilish va ulardan foydalanishni yaxshilash samaradorligini oshirishga oid nazariy bilimlami shakllantirish.
Tayanch iboralar: Asosiy va aylanma fondlar (vositalar), doimiy va o‘zgaruvchan kapital, asosiy va aylanma vositalar bozori, asosiy vositalar ijarasi, aylanma kapital, asosiy vositaning eskirishi, amortizatsiyasi.


  1. Qishloq xo‘jaligida asosiy vositalar haqida tushuncha, ularning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati

Asosiy fond - bu qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish va qayta ishlash va xizmat ko‘rsatishda bir va undan ortiq yil davomida qismlarga bo‘lingan holda (amortizatsiya shaklida) foydalaniladigan mol-mulkining bir qismi bo‘lib, o‘z qiymatini mahsulot, ish va xizmatning tannarxiga aylantiradi. Qiymat (pul) shaklida asosiy mablag‘lar fond (jamg‘arma) nomida bo‘ladi.


Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida asosiy fondlar 10 ta guruhga bo‘linadi:
  • yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‘ektlari;


  • binolar;


  • inshootlar;


  • mashinalar va uskunalar;


  • transport vositalari;


  • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;


  • ishchi hayvonlar;


  • mahsuldor hayvonlar;


  • ko‘p yillik daraxtlar;


  • asosiy mablag‘laming boshqa turlari.


Asosiy vositalaming qishloq xo‘jaligidagi vazifasiga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchiga bo‘linadilar.


Ishlab chiqaruvchi asosiy vositalar - bu mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda bevosita ishtirok etuvchi mablag‘lardir.
Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etmaydi. Ular ijtimoiy xarakterga ega. Ularga qishloq xo‘jaligida tegishli uy-joy kommunal xo‘jaliklari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob‘ekdari, ijtimoiy ta‘minot, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarhiya, maorif kabilar kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish mablag‘lari mahsulot ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ikki qismga, faol va sustga bo‘linadi. Faol qismiga mahsulot ishlab chiqarishda (mashinalar va uskunalar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor chorva mollari) bevosita ishtirok etadigan mablag‘lar, sust qismiga — binolar va inshootlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy ishlab chiqarish vositalari faol va sustdan tashqari yana ikkita guruhga: asosiy faoliyat turining asosiy ishlab chiqarish vositalari (qishloq xo‘jalikka mo‘ljallangan) va boshqa tarmoqlaming asosiy ishlab chiqarish mablag‘lari (qishloq xo‘jalikka zid bo‘lmagan).
Asosiy faoliyat turining asosiy ishlab chiqarish vositalariga quyidagilar kiradi:
  • yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‘ektlari (korxona mulkida bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishida foydalaniladigan);


  • binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari (silos chuqurlari, telefon va suv taqsimlash tarmoqlari);


  • mashinalar va uskunalar shu jumladan: traktorlar, elektrodvigatellar, mexanik dvigatellar, ishchi mashinalar va uskunalar (hamma turdagi kombaynlar, pluglar, seyalkalar, boronalar, kultivatorlar va boshqalar);


  • laboratoriya va o‘lchov uskunalari, hisoblash texnikasi;


  • transport vositalari (hamma turdagi avtomobillar, avtotirkamalar, traktor tirkamalari, yuk transportlari);


  • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari (idora jihozlari, mehnatni muhofaza qilish vositalari, yong‘inga qarshi inventarlar va boshqalar);


  • ishchi hayvonlar (otlar, ho‘kizlar);


  • mahsuldor mollar (mahsuldor chorva mollarining asosiy podasi);


  • ko‘p yillik daraxtlar (mevali va boshqa daraxt ko‘chatlari);





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling