Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


rasm: Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida moddiy-texnika resusrlarining shakllanishi


Download 1.68 Mb.
bet74/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

rasm: Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida moddiy-texnika resusrlarining shakllanishi

Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar: moddiy-texnika vositalari bilan ta’min­langanlik, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilarining umumiy iqtisodiy ahvoli va daromadliligi, investitsiya faoliyatini faollashtirish, moddiy- texnika ta‘minoti tizimliligi, ishlab chiqarish va muhandislik infrastrukturasining rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, davlatning qishloq xo‘jaligidagi moddiy-texnika ta‘minoti borasidagi siyosati va hokazo.


Moddiy-texnika resurslari shakllanishi, shuningdek, moliyaviy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bu moliyaviy vositalar zamonaviy, samaradorligi yuqori bo‘lgan hamda ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnikalami, ilg‘or texnologiyalami yaratishda investitsiyalar va joriy kapital qo!yilmalar shakhda safarbar etiladi. Joriy kapital qo‘yilmalar ishlab chiqarish jarayonida takror ishlab chiqarishning qaytarilishini ta’minlash uchun xom-ashyo va materiallami yetkazish uchun foydalaniladi.


  1. Fan-texnika yutuqlarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish

Tarixdan ma‘lumki, jahondagi iqtisodiy faoliyatning hozirgi darajaga yetishigacha qancha ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davri o‘tdi. VH-УШ asrlarda iqlimning isishi oqibatida epidemiyalar tarqalishi kamaydi va demografik o‘sish kuzatildi. XI asrda hunarmandchilik rivojlanib, ishlab chiqarish asta-sekin rivojlantirildi va yer bilan ishlash birmuncha osonlashdi. Qo‘l mehnatidan foydalanish kamaydi va mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yangi-yangi cho‘qqilarga erishdi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida mehnat unumdorligi oshdi, ayniqsa texnologiyalar borasidagi siljishlar natijasida sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.


ХП1 asrda butun Yevropada sanoat shaharlari barpo etilib, yengil sanoat, to‘quvchilik sanoati rivojlandi. Angliyada qishloq xo'jaligi rivojlanib, chorvachilikdan olingan jun butun Yevropa bo‘ylab sotildi. Jun evaziga XIV asrda Shimoliy Italiya, Venetsiya, Genuya va Florentsiya sanoat mollari savdo-sotig‘ini yo‘lga qo‘ydi. Shu asrda qurolsozlik, mashinasozlik, yangi texnologiyalar kashf qilinib, fan- texnika taraqqiyoti yanada ilgariladi.
Fan-texnika taraqqiyoti XIX-XX asrlarda yuksalish davriga erishdi. Butun iqtisodiyot tez sur‘atlar bilan rivojlantirildi. Qishloq xo‘jaligida yangi navlar, ko‘chatlar, uzoq yil umr ko‘ruvchi zotdor mollar, nasldor chorvalar, daraxtzorlar yaratildi.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, texnika va texnologiyalarga tub o‘zgarishlar kiritish barcha texnikaviy tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillami safarbar etish negizida mehnat unumdorligini ancha oshishiga erishildi. Fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishda texnikaning yangi-yangi avlodlarini, printsipial jihatdan yangi texnologiyalami joriy etishni ta‘minlovchi mashinasozlikyetakchi rol o‘ynaydi. Fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasi kuchaymoqda, ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yangi, samaraU shakllari vujudga kelmoqda, texnika yangiliklarini ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni xalq xo‘jaligida, qolaversa, qishloq xo‘jaligida o‘zlashtirish muddatlari qisqarmoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti samaradorligini aniqlash uchun yangi texnikani qo‘llash natijasida olingan iqtisodiy samarani uni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar miqdoriga bo‘lish kerak:
YATis
FTTs =-
I/chx
FTTs - Fan texnika taraqqiyoti samaradoriigi;
YATis - yangi texnika natijasida iqtisodiy samara, so‘m;
I/ch x - ishlab chiqarish xarajatlari, so‘m.
Fan texnika taraqqiyoti samaradoriigi orqali yillik iqtisodiy samaraga erishiladi. Yillik iqtisodiy samara deganda, xalq xo‘jaligi miqyosida olingan iqtisodiy tejam tushuniladi. Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlar qatoriga esa foydaning o‘sishi, tannarxning kamayishi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Bular ham yangi texnikani qo‘llash natijasida amalga oshiriladi.
Yangi texnikani ixtiro qilish va foydalanishdan kelib chiqadigan xo‘jalik hisobi samarasi quyidagicha aniqlanadi:

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling