Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet73/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Birinchidan. fan-texnika taraqqiyoti tufayli bir birlik qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat sarfini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga erishish;
Ikkinchidan. yaroqsiz holga keltirilgan va eski, lekin ishlatilayotgan qishloq xo‘jalik texnika, asbob-uskunalari, texnologiyalarini yangi, zamonaviy va sifatlisiga almashtirish hamda shu orqali moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanashiga erishish. Ayniqsa, xom-ashyoni qayta ishlab to tayyor mahsulot yaratgunga qadar bo‘lgan jarayonlarda yangi texnika-texnologiyalardan foydalanishda, fan-texnika taraqqiyoti- ning ahamiyati beqiyos.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik va sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etishda ixtisoslashtirish, korxonalami bir joyda to‘plashning o‘z o‘mi bor. Ana shuni ta’minlash uchun ham fan-texnika taraqqiyoti zarurdir.
TVrtinchidaii. qishloq xo‘jaligini, umuman ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, rivojlantirish uchun kadrlami to‘g‘ri tanlash ham muhim. Fan-texnika taraqqiyoti esa yangi-yangi kasblarning vujudga kelishini talab qiladi va ishlovchilaming kasb mahoratmi oshirishga undaydi.
Beshinchidan. fan-texnika taraqqiyoti orqali iqtisodiyotning, xalq xo‘jaUgining barcha tarmoqlari alohida-alohida va bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq holda rivojlantiriladi.
Fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, texnika-texnologiyalarga tub o‘zgartirish kiritish negizida albatta mehnat unumdorligini oshirishga erishiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ikki shaklda amalga oshiriladi: 1) evolyutsion yoki bosqichma-bosqich shakl (bunda fan va texnika me‘yori bilan, sekinroq va qisman takomillashib boradi); 2) revolyutsion yoki inqilobiy shakl (bunda qonun-qoidaga asosan yangi texnika va texnologiyani vujudga keltirish hamda jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlami tubdan o‘zgartirishga erishiladi).
Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur‘atlar bilan rivojlantirilishi iqtisodiyotni har tomonlama intensivlashtirish hisobiga mahsulot sifatini qat‘iy yaxshilashning hal qiluvchi vositasi hisobiga sodir bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini texnikaviy jihatdan yangilash, yangi-yangi texnologiyalar yaratish, undagi moddiy-texnika bazasini tubdan o‘zgartiradi. В ular bilan bir qatorda ishlab chiqarishni elektlashtirish, kimyolashtirish, kompyutyerlashtirish, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash kabi fan- texnika taraqqiyotining yo‘nalishi orqali fan va texnika ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi.
Fan-texnika taraqqiyotining yana boshqa yo‘nalishlari ham mavjud, bular: energitikani rivojlantirish, transport, aloqa turlarining yangilarini vujudga keltirish; har hil turdagi texnologiyalami o‘zlashtirib, fan va ishlab chiqarishga tadbiq etish; yangi konstruktiv materiallarni kashf qilish va foydalanishini yo‘lga qo‘yish; biotexnologiya, chiqitsiz texnologik jarayonlami ishlab chiqarishga tadbiq etish va hokazo.
Qishloq xo‘jaligida esa fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlari xalq xo‘jaligidagi yo‘nalishlardan ozroq farq qiladi. Bular quyidagilar: yangi yerlami o‘zlashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi sifatli sug‘orish vositalari va texnologiyalarini yaratish, dehqonchilikda kam suv talab etadigan, tezpishar va yuqori hosil beruvchi urug‘ navlarini, sermahsul chorva mollarini yaratish, mavjud intensiv texnologiyalami takomillashtirish; qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko‘rsatish, mahsulotlarni qayta ishlash, sifatli saqlash va iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan texnologiyalar va tadbirkorlik sub‘ektlarini shakllantirish hamda fan-texnika taraqqiyotini qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga o‘z vaqtida joriy etishga xizmat qiluvchi raqobatbardosh kadrlami tayyorlash va ulami rag‘batlantirish kabilar.
Fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning samaradorligini oshirishdagi hal qiluvchi yo‘nalishlaridan biri. Intensivlash-umumlashtirish, semnumlilik degan ma‘nolami anglatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti joriy qilinib, yangi texnikani kiritish natijasida mahsulot tannarxi ham kamayadi, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
AS = (T1-Tt)At
Bunda AS - yangi texnikani joriy qilib, tannarxni kamaytirishdan kelib chiquvchi samaradorlik.
Tt- yangi mahsulot tannarxi (t yildagi)
Tr eski mahsulot tannarxi
At - yangi mahsulotning t yildagi hajmi,
Bundan esa foyda qay darajada o‘zgarishi formulasi ham kelib chiqadi.
AF0,= (Bt-Tt)-(Bt-Tt)At
AFo4 - yilda foydaning o‘sishi, so‘m hisobida;
Bt - texnika kiritgandan keyingi ulgurji baho;
Tt - texnika kiritgandan keyingi bir birlik mahsulot tannarxi;
Bt- yangi texnika kiritmasdan oldingi ulguiji baho;
Tt - yangi texnika kiritmasdan awalgi bir birlik mahsulot tannarxi;
At- yangi mahsulotning t yildagi hajmi.
  1. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy, samarali, ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnikalarni, kimyoviy vositalarni, texnologiyalami yaratish


Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligidagi asosiy xusu- siyatlaridan yana biri shundaki, ulaming umumiy toiiq va talabga javob beruvchanligini batafsil va oqilona o‘rganishdir. Bunda esa ulaming baholanish ko‘rsatkichlari mavjud.


Moddiy-texnika resurslarini baholashda natural, qiymat va miqdor ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, hamda sifati bo‘yicha izohlanadi.
Moddiy-texnika resurslarining natural baholanishi qishloq xo‘jaligida ulaming miqdori, fizik shakli, quwati ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi. Masalan, traktorlar miqdori birliklarda, shu bilan birga, quwati ot kuchi bilan hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, texnologik liniyalari tarmoqlar asosida, ulaming quwati asosida bir smenada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga qarab hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan moddiy-texnika resurslari ishlab chiqarish fondlari tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish fondlari bu mehnat predmetlari va vositalari yig‘indisi bo‘hb, ular yordamida xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lgach, tayyor mahsulotga qiymatini o‘tkazish jihatidan ishlab chiqarish fondlari 2 ta asosiy va aylanma fondlarga bo‘linadi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq vaqt ishtirok etadigan moddiy- ashyoviy, qimmatbaho buyumlami o‘z ichiga oladi: bino-inshootlar, mashinalar, uskunalar, transport vositalari, ishchilar va mahsuldor chorva mollari, daraxtzorlar va hokazo. Aylanma fondlarga esa shunday ishlab chiqarish vositalari kiradiki, ular bir ishlab chiqarish tsiklida to‘liq qatnashib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha ishlab chiqariladigan mahsulotga o‘tkazadilar. Bularga yem-xashak, ozuqa, o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i- moylash materiallari, elektroenergiya va hokazolar kiradi.
Asosiy fondlaming qiymati asosiy vositalar bahosi bilan aniqlanadi. Aylanma fondlar aylanma vositalar bilan birgalikda muoamala fondlarini ham hisobga oladi. Hamma asosiy ishlab chiqarish vositalari ham qiymat bahosiga ega emas. Ulardan ba‘zilari to‘liq bo‘lmagan qiymat bahosiga ega, ba‘zilari esa umuman ega emas va tashkilotlar balansida hisobga olinmaydi.
Moddiy-texnika resurslarining qiymati shuningdek, asosiy va aylanma kapital tarkibida hisobga olinadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib, u o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisman o‘tkazadi. Aylanma kapital esa bu ishlab chiqarish kapitalining xom-ashyoga, materiallar va ishchi kuchiga qilinadigan sarf- xarajatlar ko‘rinishidagi qismi bo‘lib, ishlab chiqariladigan mahsulotga qiymatini to‘liq o‘tkazadi.
Moddiy-texnika resurslarining sifat bo‘yicha baholanishi bir qator ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi: yangi texnika va uskunalaming zamoanaviy turlari bo‘yicha hissasi; bino va inshootlar turlari; ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar qo‘llamlgandagi taqqoslama og‘irligi; asosiy vositalar eskirishi ko‘rsatkichlari; bino va inshootlaming taqqoslama og‘irligi hamda ulaming kapital remont talab qilinishi yoki eskirgan ko‘rsatkichlari; asosiy moddiy-texnika vositalarining xizmat qilib berish muddati va hokazo. Alohida tarmoqlarda va faoliyat turlari da baholanish o‘zining maxsus ko‘rsatkichlari yordamida amalga oshiriladi. Masalan, muhandislik kommunikatsiyalari sifati ulaming uzoq muddat xizmat qilib berishi, ishonchliligi, xavfsizligi atrof-muhitga zarar yetkazish darajasi va hokazo ko‘rsatkichlar yordamida baholanadi.
Asosiy fondlami baholash uchun quyidagi shakllardan foydalaniladi:
  • asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati (yoki to‘liq qiymati) bo‘yicha baholash asosiy fondlami sotib olish yoki qurish, ulami olib kelish va o‘matishga ketgan barcha xarajatlami o‘z ichiga oladi;


  • asosiy vositalami qayta tiklash qiymati bo'yicha baholash - bir xil vazifani bajaruvchi, lekin turU yillarda ishga tushirilgan asosiy fondlami joriy yil baholarida aynan shu fondlami takror ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha qayta baholash va taqqoslama ko‘rinishga keltirish. Qayta tiklash qiymati asosiy fondlarning bozor qiymatiga ham mos keladi va tekinga olingan asosiy fondlami hisobga olishda ham foydalanilishi mumkin;


  • asosiy vositalaming qoldiq qiymati bo‘yicha baholanishi - asosiy fondlarning boshlang‘ich yoki qayta tiklash qiymatidan hisoblangan eskirish summasini (amortizatsiya ajratmalari) ayirib tashlash orqali baholanishi mumkin;


  • balans qiymati bo‘yicha baholanishi asosiy fondlarning buxgalteriya balansida aks etadigan qiymati;


  • tugatish qiymati bo‘yicha baholanishi asosiy vositalaming moddiy yoki ma‘naviy eskirishi va boshqa sabablarga ko‘ra tugatilayotgan asosiy fondlaming tugatish qiymatim baholashda ishlatiladi.


Moddiy texnika resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ularning qishloq joylarida ham mavjudligi bilan belgilanadi. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlikka oid ko‘rsatkichlar quyidagicha: alohida resurs turlarining umumiy hajmi bo‘yicha (hissasi); ahoh soni bilan ulaming to‘g‘ri kelish-kelmasligi, boshqa resurslar bilan aloqadorlik nisbati ko‘rsatkich dinamikasi va hokazo. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: mehnatning fond bilan qurollanganligi, ya’ni ishchilaming fond bilan qurollanganligi, fond bilan ta’minlanganlik, energiya bilan qurollanganlik, energiya bilan ta’minlanganlik va hokazo. Ushbu ko‘rsatkichlar me’yoriy hujjatlar bilan solishtiriladi, shu bilan birga milliy va chet el tajribasi asosida solishtiriladi.


Mehnatning fond bilan qurollanganligi ko‘rsatkichi bir ishchi hisobida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslarining qiymati asosida aniqlanadi:
AFQ Fq = ;
N
Bu yerda
Fk - fond bilan qurollanganlik, so‘m/kishi
AFQ - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati so‘m;
N - ishchilar soni, kishi.
Fond bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi ishlab chiqarish ob‘ekti yoki asosi ishlab chiqarish resursi birligi yoki ishlab chiqarish maydoni hisobiga moddiy-texnika resurslarining to‘g‘ri kelishi, qiymatini bildiradi. Xususan, fond bilan ta’minlanganlik qishloq xo‘jahgida asosiy fondlaming qishloq xo‘jalik tadbirlariga ishlatilishi jihatidan baholanadi. Bunda yoki 100 gektar, 1000 gektar qishloq xo‘jalik ekin maydoniga fondlaming to‘g‘ri kelishi bo‘yicha baholanadi.
AFQ
Ft = ;
Sq
Bu yerda:
Ft - fond bilan ta’minlanganlik
AFQ - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati so‘m;
Sq- qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni ga.
Mehnatning energiya bilan qurollanganligi bir kishiga to‘g‘ri keladigan energiya quwati miqdori bilan aniqlanadi:
EnyerQ
Eq = ;
N
Bu yerda:
Eq- energiya bilan qurollanganlik, ot kuchi / kishi Enyer Q - energiya quwati, ot kuchi N - ishchilar soni, kishi.
Energiya bilan ta’minlanganlik ishlab chiqarilayotgan ob‘ekt yoki ishlab chiqarish resursi birligiga yoki ishlab chiqarish maydoniga nisbatan hisoblanadi:
EnQ
Et = ;
S
Bunda: Ej- energiya bilan ta’minlanganlik, ot kuchi / ga EnQ - umumiy energiya quwati, ot kuchi S - ekin maydoni, ga
Bulardan tashqari, qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan to‘liq va samarali foydalanishni baholashda resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q / Хек + (AV0‘q - AV0ek) + AyVo's - BTo s
MTRt=- ;
S .
Bunda:
MTRT - moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so‘m;
Q/xeq- qishloq xo‘jalik yerlarining qiymati, so‘m;
AVo‘0- asosiy vositalarining o‘rtacha yillik qiymati;
AVo‘ek- asosiy vositalaming o‘rtacha yillik eskirish qiymati, so‘m;
AvV0'S- aylanma vositalaming o‘rtacha yillik summasi, so‘m;
BT0 S - bog‘ va tokzorlaming o‘rtacha yillik summasi, so‘m;
S - ekin maydoni, ga.
Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalikning mavjud ekiii maydoniga to‘g‘ri keladigan moddiy-texnika resurslarini aniqlab beradi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashuvi darajasi - traktor-mashinalar yordamida bajarilgan jami ish miqdorini korxona bo‘yicha bajarilgan jami ish hajmiga bo‘lib aniqlanadi.
MTbi
MTy0 ,
Imik
Bunda: Myo - mexanizatsiyalashganlik darajasi;
MTbi - mashina-traktorlar yordamida bajarilgan ish, (etalon ga);
Imik - xo‘jalikda jami bajarilgan ish miqdori (etalon ga);
Mashina traktor parkidan foydalanish koeffitsenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
FMT MTP&= ;
MMT
Bunda: MTP& - mashina traktor parkidan foydalanish koeffitsenti;
FMT - foydalanilgan mashina- traktorlar soni, (dona);
MMT - mavjud bolgan mashina-traktorlar soni (dona).
Ishlab chiqarishda asosiy fondlardan samarali foydalanish ko‘rsat- kichlariga yana fond qaytimi va fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Fond qaytimi qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymati­ni asosiy vositalaming o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi:
YAMQ Fkt=- ;
AFyq
Bunda: Fkr fond qaytimi
YAMQ - yalpi mahsulot qiymati, so‘m
AFvq-asosiy vosita (fond) laming o‘rtacha yillik qiymati, so‘m
Fond sig‘imi fond qaytimiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:
AFyq
Fs =
YAMk
Asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining yetishtirilgan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan ko‘rsatkich fond sig‘imidir. Foyda me‘yori asosida ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi:
YAF
FM=-
AF + AVF
FM - foyda me‘yori YAF - yalpi foyda, so‘m
AF - asosiy fondlar qiymati, so‘m AVF - aylanma fondlar qiymati, so‘m
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiy- texnika resurslari bilan ta‘minlanishi bir qancha omillarga borib taqaladi. Kelib chiqish xarakteriga ko‘ra ikki asosiy manba: sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligida resurslar ishlab chiqarish manbalariga ko‘ra moddiy-texnika resurslari ta‘minoti amalga oshiriladi.
Sanoat ishlab chiqarishi shunday muhim faoliyatki, xoh o‘zimizning, xoh import tovar ishlab chiqarish bo‘lsin, uning hammasi umumiy ishlab chiqarish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuningdek, bu ishlab chiqarishning muhim xususiyati shundaki, uning (sanoatning) barcha tarmoqlarida mehnat vositalari va iste’mol tovarlari yaratilib, fan-texnika taraqqiyoti aniqlanadi, jami ijtimoiy mahsulot chiqariladi va yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning jadallashuvi birinchidan iqlimga bog‘Uq bo‘lsa, ikkinchidan albatta, mehnat resurslari bilan zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarga bog‘Hq. Qishloq xo‘jaligida resurslar ishlab chiqarish tarkibiga turli materiallar, ishchilar, mashina va inventarlar tayyorlash, texnika vositalarini yangilash, alohida ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnika va uskunalami kompleks ishlatish, yem- xashak ishlab chiqarish, urug‘liklar, ko‘chatlar, shuningdek ko‘p yillik daraxtzorlar yaratish, bog‘ va tokzorlar yaratish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, parrandachilik va baliqchilikda, o‘rmon xo‘jaligida yangiliklar yaratish va ishlab chiqarish jarayonini yanada intensivlashtirish kabilar kiritiladi. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarini ishlab chiqarish ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida olib boriladi.
Moddiy-texnika resurslarining zamonaviy ko‘rinishi ikki manba orqali ko‘zga tashlanadi: 1) mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyoti yuksalishi natijasidagi ishlanmalar hamda 2) import, ya’ni chet el ilg‘or texnologiyalari kirib kelishi natijasida.
Uddnchi turdagi ishlab chiqarish orqali qishloq xo‘jaligining‘ ko'pgina qirralari rivojlantirilmoqda. Masalan, AQSH tajribasi (mashina-uskunalar keltiriladi); Gollandiya tajribasi (kartoshka va boshqa poliz sabzavot ekinlari); Kanada, Angliya, Frantsiya va Germaniya tajribalari (yuqori unumli minizavodlar, ilg‘or texnologiyalar); Xitoy tajribasi (yuqori quvvatli minizavodlar) va hokazo. Qishloq xo‘jaligida moddiy- texnika resurslarining shakllanishi quyidagicha tasvirlanadi, (7.3-rasm).
Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligida shakllantirishdagi asosiy xarakteristikasi, bu ishlatilayotgan moddiy-texnika resurslari hajmini o‘zgartirish, shunga ko‘ra zamonaviy, sifatli yuqori samaraga ega bo‘lgan, ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnik resurslami kimyoviy vositalami texnologiyalami yaratishdir. Bunga yana quyidagilami qo‘shimcha qilish kerak: hozirgi fan-texnika yuksalayotgan bir davrda ratsional, iqtisodiy va ekologik jihatdan ilg‘or bo‘lgan moddiy- texnika resurslari nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, balki umuman qishloq hayoti va atmosferasi uchun hayotiy zaruratdir.





  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling