Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Zonalar bo‘yicha ixtisoslashuv, bu


Download 1.68 Mb.
bet19/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Zonalar bo‘yicha ixtisoslashuv, bu - mehnatning geografik bo‘limshi. U qishloq xo‘jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi natijalarining iqlim va tuproq sharoitlariga bog‘liqligi mehnatning geografik bo‘linishi zaruratini keltirib chiqaradi. Yirik hududlar (iqtisodiy tumanlar, xo‘jaliklar, viloyatlar) iqlim-tabiiy sharoitiga moslashuvi yetarli bo‘lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Xo‘jaliklararo ixtisoslashuv qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari orasida mehnatning ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi. Bozor sharoitida xo‘jaliklar iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar.
Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashuv - mehnatning xo‘jalik ichidagi bo‘limlar (bo‘linmalar, brigadalar, tsexlar, fermalar) orasida boiinishi. Bo‘limlar mavjud resurslami hisobga oUb bitta yoki bir nechta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashuv qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining strukturasi bo‘yicha belgilanadi.
Tarmoq ichida ixtisoslashuv turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki boiadigan texnologik tsikllami alohida bosqichlarga bo‘lib tashlashga asoslanadi. Ixtisoslashuvning bu shakli ko‘proq chorvachilikda keng tarqalgan. Masalan, parrandachilikda tuxum ishlab chiqarish inkubator xo‘jaligiga, go‘sht ishlab chiqarish broyler xo‘jaliklariga taqsimlanadi. Xo‘jalik ichida ixtisoslashuv asosida tashkil etilgan hamma xo‘jaliklar odatda tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi. Korxonalaming xo‘jalik ichida ixtisoslashuvi ishlab chiqarishning intensifikatsiyasi va kontsentratsiyasi sharoitlaridagina muvaffaqiyatU rivojlanadi.
Ixtisoslashuv xo‘jalik ishlab chiqarishining bosh yoki asosiy tarmoqlari yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanadi (paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, g‘alla-chorvachilik va boshqalar). Korxonaning ishlab chiqarish yo‘na- lishi oxirgi uch yildagi tovar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari strukturasi bo‘yicha aniqlanadi.
Xo‘jalikdagi yer, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida bir nechta tarmoqning rivojlanishiga erishiladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarining turi va vazifasiga, qollaniladigan uskunalar va mehnat predmetlari, ishlab chiqarishning texnologiyasi va tashkil etilishi, ishchilaming kasb mahoratiga ko‘ra ferqlanadigan ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyatni, lining ma’lum bir sohasini ifodalaydi. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti har bir tur mahsulot ishlab chiqarishini va hatto texnologik davrlami alohida tarmoqqa aylanishiga olib keldi, shuning uchun yirik tarmoq o‘ta mayda tarmoqlarga bo‘linib ketadi.
Mehnat taqsimotining ilk bosqichida faqat ikki tarmoq - chorvachilik va dehqonchilik mavjud bo‘lgan. Keyinchalik dehqonchilik va chorvachilik ichida mahsulot ishlab chiqarishning mustaqil tarmoqlari (paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilikda esa qo‘ychilik, yilqichilik kabilar) ajralib chiqdi.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari asosiy, qo‘shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo‘linadi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling