Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
-jadval Respublikamiz bo‘yicha suvli maydonlarda 2009 yil uchun eldnlarni jovlashtirish to‘g‘risida ma’lumot
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlar nomi Sabzavot Poliz
- 2.3-jadval Respublikamiz bo‘yicha suvli maydonlarda 2009 yil uchun ekinlarni joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot
- Hududlar nomi Eski beda Yangi
- Xashaki lavlagi Bir yiffik o‘tlar
- Respublika bo‘yicha 60,3 12,2
- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning shakl va ko‘rsatkichlari
2.2-jadval
Respublikamiz bo‘yicha suvli maydonlarda 2009 yil uchun eldnlarni jovlashtirish to‘g‘risida ma’lumot
2.3-jadval Respublikamiz bo‘yicha suvli maydonlarda 2009 yil uchun ekinlarni joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot
Qishloq xo‘jaligi isLohotlarini jadallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘ llab-quvvatlash, ulaming barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi F-4058-sonli Farmoni asosida vazirlik tizimidagi korxonalaming samarali barqaror faoliyatini ta’minlash; Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suvdan tejamli foydalanish texnologiyalarini qo‘llash; Har bir hududning tuproq va iqlim sharoitini, kutilayotgan suv tanqisligi hamda iqlimdagi global o‘zgarishlami hisobga olgan holda sohada amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlaming samaradorligini oshirish, urug‘lik va selektsiya ishlarini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, mahsuloti xaridorgir bo‘lgan navlarini tanlash va joylashtirish, tejamkor, samarali agrotexnologiyalami joriy etish; Ekologik toza va raqobatbardosh sabzavot, poliz, kartoshka, meva va uzum yetishtirishni modemizatsiyalash, yangilarini tashkil etish yo‘U bilan aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, ulaming eksport hajmini oshirish. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning shakl va ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish asosiy tur mahsulotlaming hajmini ko‘paytirish va agrosanoat kompleksining barcha tarmoqlarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi sifatida, alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarishning ustuvorligi sifatida, ba‘zan esa tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi alohida bosqichning bajarilishi sifatida ifodalanadi. Bu eng awalo ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ob’yektiv dinamikjarayon. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega: birinchidan moddiy va moliyaviy resurslami raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga jamlash (kontsentratsiyalash) imkonini beradi; ikkinchidan, ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo‘liga o‘tishi uchun zarur sharoit yaratadi; uchinchidan, mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi; to‘rtinchidan, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ortishiga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish tarmoqlar xususiyatlariga bog‘liq: Takror ishlab chiqarishning iqtisodiy va biologik qonunlarini qo‘shib yuborish ishlab chiqarishning mavsumiy va hududiy xarakteri, ko‘plab mahsulot turlarining qisqa muddatlarda kehb tushishi, tez buziladigan mahsulotlaming katta hajmi, mahsulotlar va boshqa ayrim narsalaming bir tekisda iste’mol etilishi. Bu xususiyatlar ixtisoslashuvning sur‘ati va umuman butun jarayonga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida mehnataing bo‘linishi sanoatdagidek chuqur bo‘lishi mumkin emas, chunki unda ixtisoslashuv bilan bir qatorda mahsulotlaming alohida turlari bo‘yicha texnologik jarayonlar mavjud, ya’ni mahsulotning biror qismi yoki detallarini yaratish bo‘yicha ham mehnatni boiish amalga oshiriladi. Uncha ko‘p bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishgina tor doirada ixtisoslashgan korxonalarga jamlanib, butunlay mustaqil korxona sifatida ajratilishi mumkin. Bunga parrandachilik fabrikalari, mol va qo‘y go‘shti yetishtirish uchun bo‘rdoqiga boqish komplekslari, issiqxona kombinatlari, uzumchilik va bog‘dorchilik xo‘jalikIari va shu kabilar kiradi. Qishloq xo‘jaligi korxonasini ixtisoslashtirish uning rivojlanishiga yordam beruvchi yoki rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishga olib keluvchi ko‘plab omillar ta’siri ostida yuz beradi. Ixtisoslashishni rivojlantiradigan omillar, bu - yerdan, texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, o‘zini-o‘zi ta’minlashga intilish, qo‘shimcha mahsulotlardan foydalanish, xo‘jalikning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash kabilardir. Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirishning zarux texnika asoslari yo‘qligi ham ta’sir ko‘rsatadi. 0‘simlikchilikda tor doirada ixtisoslashuv samarasiz, chunki ko‘pgina dala ekinlari mavjud agrotexnika qoidalariga va biologik shartlarga ko‘ra, har yili bir joyga ekilavemiaydi. Ulami almashlab ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga, yer massivlarining tabiiy maydalanishi, tuproq tarkibi, relyefi va boshqa belgilari bo‘yicha ulaming bir uchastkadan turlicha xo‘jalik yuritishda foydalanishni talab qiladi va bu ma’lum ekin va tarmoqlar yig‘indisiga ega bo‘lish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jalik korxonasini ixtisoslashtirish asosiy yoki yetakchi tarmoqni ajratish va ulaming ustuvor rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi quyidagilar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: Tovar ishlab chiqarish tarmoqlari sonining qisqarishi; -Intensifikatsiya asosida asosiy tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish; -Asosiy tarmoq tovarliligini oshirish. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning zonalar bo‘yicha, xo‘ja- liklararo, xo‘jalik ichidagi va tarmoq ichidagi shakllari mavjud. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling