Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet26/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Gorizontal integratsiya bitta tarmoq ichidagi korxonalaming o‘zaro aloqasini aks ettiradi. Uning rivojlanishiga umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal qilish uchun korxonani kooperativlashtirish asosida erishadi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigani, bu qishloq xo‘jalik korxonalarining harakatlarini kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni optimal kontsentratsiyalash va
ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir.
Gorizontal integratsiya bir nechta qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridagina rivojlanadi. Uning uchun xarakterli misol, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini birlashtirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlardir.
Gorizontal integratsiya ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
  • birinchisi, alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga oshiriladi;


  • ikkinchisi, bir nechta xo‘jahklaming imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashtirish.


Gorizontal integratsiya qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarish aloqalarinmg mukammallashuviga ham ijobiy ta’sir etadi.


Vertikal integratsiya - tarmoqlararo aloqalaming rivojlanishini, o‘zaro texnologikjihatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini va ulami sanoatda qayta ishlab chiqarilishiga aloqador bolgan qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarish hamkorligining rivojlanishini ifodaydi. Bu aloqalar darajasi va xarakteri bo‘yicha farqlanishi mumkin, zarur sharti - turli tarmoqlaming kooperatsiyala- shuvi, vertikal integratsiya agrosanoati degan nom olgan.
Agrosanoat majmuida diversifikatsiyalangan shakllanish rivojlanadi va u o‘z tarkibiga o‘zaro ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan korxonalar va tashkilotlar kiradigan integrallashgan guruhlami birlashtiradi.
Integratsiyalashgan ishlab chiqarishga o‘tish ishlab chiqarish kuchlari va tarmoqlararo aloqalaming rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. In­tegratsiya mehnatning tarmoqlararo bo'linishi asosida yuzaga kelgan tar­moqlararo o‘zaro aloqadorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari yetarlicha amaliy natija bera olmaydigan va ishlab chiqarishning kelgusida samaradorligi oshishini ta‘minlay olmaydigan holatda ishlab chiqarish kuchlari alohida bosqichida rivojlana boshlashi yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida qarahshi mumkin.
Agrosanoat integratsiyasi mahsulot sifatining ortishi, joriy xarajatlar iqtisodi, mahsulot sifatining ortishi va uni iste’molchiga yetkazib berish muddatining qisqarishi, natijada aholi talablarining to‘liqroq qondirilishi bilan izohlanadi. Integratsiyaning samarasi quyidagi iqtisodiy ko‘rsat- kichlar orqali aniqlanadi:
  • mahsulot hajmining ortishi;


  • joriy xarajatlaming o‘zgarmasligi;


  • iqtisodiy yalpi mahsulot;


  • daromad rentabellik darajalari.


Hozirgi zamon sharoitida integratsiyalashni kengaytirish zarurati qator sabablardan kelib chiqqan: mulk shaklining almashuvi, qishloqda ishlab chiqarish va yerga bo‘lgan munosabatlaming o‘zgarishi, agrar sektordagi xo‘jalik faoliyatini boshqarishning o‘zgarishi, bozor iqtisodiyotining ta’siri va boshqalar. Agar rejali ma‘muriy iqtisodiyot sharoitida ASM tarmoqlari orasidagi o‘zaro munosabatlar davlat tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan xo‘jalik jarayonlarini boshqaiish va korxonalar orasida o‘zaro aloqa o‘matish to‘laligicha mulk egalari ixtiyoriga o‘tdi.


Agrosanoat integratsiyalashuvi quyidagilarga imkon beradi:
  • ishlab chiqarishga ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etishning jadallashtirilishi, bir xildagi va yuqori sifatli mahsulotlarni optimal ravishda ishlab chiqarish uchun zarur ustuvorliklar yaratish;


  • olinadigan qishloq xo‘jalik xom-ashyolari va qayta ishlash quwati orasida oqilona mutanosiblikni ta’minlash;


  • mahsulotlaming bir texnologik fazadan boshqasiga o‘tishini tezlashtirish;


  • ishlab chiqarish tsikli hamma tsikllarining yagona takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash;


  • qayta ishlashda olingan xom-ashyo va chiqindilardan to‘liqroq foydalanish;


  • ASM da mavjud ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq foydalanish;


  • boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish va ular uchun qilinadigan xarajatlami kamaytirish;


  • narxni shakllantirish sohasidagi monopolistik strukturalarga qarshi turish;


  • tovar ishlab chiqaruvchilarda sifatli mahsulot ishlab chiqarishga iqtisodiy imkoniyat yaratish;


  • qishloqning ijtimoiy muammolarini jadal sur‘atlar bilan hal qilish va boshqalar.


Yuzaga kelayotgan sharoitlarga ko‘ra, integratsiyalanish darajalari bir xil emasligini, tarmoqlaming birlashuvi ko‘pchilik holatlarda qisman


integratsiyalanishdan to‘liq integratsiyalanish yo‘nalishi tomon ketayot- ganligini xarakterlovchi turlicha tashkiliy shakllar yuzaga kelmoqda,
To‘liqsiz integratsiyada korxonalar xo‘jalik mustaqilligini va yuridik shaxs huquqini to‘liq saqlagan holda oldi-sotdi printsiplaridan foydalanib shartnoma asosida ishlaydilar. Moliyaviy, moddiy-texnika, mehnat re- surslarining birlashuvi yoki umuman bo‘lmaydi, yoki qisman yuz beradi. Shu bilan birga mulkchilikning turlicha shakllariga ishlab chiqarish va mehnat tavsifidagi farqlarga va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.
To‘liq integratsiya hamma tizimni ham, alohida shakllanishni ham, uning mablaglarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun integratsiyalangan tizimga kiruvchi va yagona yakuniy natijalar uchun ishlovchi tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy shakllanish birligining to‘liq ravishda shartnoma asoslariga o‘tishini ifodalaydi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling