Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
-rasm. ASM ning tarmoq tuzilmasi bir-biridan farq qiladi
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
3.1-rasm. ASM ning tarmoq tuzilmasi bir-biridan farq qiladi.
ASMning asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi ijtimoiy mehnat taqsimotining dastlabki davrlarida yuzaga kelgan bo‘lib, u faqat dehqonchilik va chorvachilik tarmog‘idan iborat bo‘lgan. Keyinehalik dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha alohida mustaqil tarmoqlar ajralib chiqa boshladi. Bular: paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar. Bu tarmoqlar ishlab chiqaradigan mahsulot turi, texnologiyasi, ishlab chiqarishni tashkil etish, qo‘llaniladigan texnikalar tizimi ham o‘ziga xosdir. ASM 4 asosiy sohadan iborat. I soha — ASM ni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlarini o‘z ichiga oladi: traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, oziq-ovqat va yengil sanoat mashinasozligi, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, asbob-uskunalar va texnikalar ta‘miri, qurilish. Soha hissasiga yakuniy mahsulotning 10 foizi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 15 foizi, ASM ishchilaming 20 foizi to‘g‘ri keladi. П soha - qishloq xo'jaligi bo‘lib, ASM ning markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi 80 ta tarmoqdan ishlab chiqarish resurslarini qabul qiladi va o‘z mahsulotlarini 60 ta tarmoqqa tarqatadi. Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan har bir ishchi tarmoqdan tashqarida 5 ta kishining bandligini ta’minlaydi. Ushbu sohaga ASM yakuniy mahsulotining 50 foizga yaqini jalb qilingan va ASM ishchilarining 60 foizi band. Ш soha - qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, shuningdek, yakuniy mahsulot realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar va korxonalami o‘z ichiga oladi. Ushbu sohaga oziq-ovqat sanoati, (sut va go‘sht sanoati), yengil sanoat (tekstil, jun-teri va poyafzal), omuxta yem sanoati; tayyorlov va savdo tashkilotlari Idradi. Sohaga yakuniy mahsulot umumiy hajmining 40 foizi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va majmua ishchilarining 20 foizi to‘g‘ri keladi. soha — ASM da infratuzilma muhim o‘ringa ega. Infratiralma tarmoqlari ASM ning barcha sohalariga xizmat ko‘rsatadi. Infratuzilma takror ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlarining majmui. Yakuniy mahsulot yalpi mahsulot (tovarlar va xizmatlar) qiymatidan ishlab chiqarish sarfi chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismidir. Yakuniy mahsulot, deganda iste’molga chiqib ketadigan mahsulotni tushunish mumkin. Korxona darajasida uning tovar mahsulotdan farqi yo‘q. ASM da yakuniy mahsulot deganda majmuaning barcha sohalarida yaratilgan va yakuniy iste’mol hamda eksportga chiqib ketadigan mahsulot tushuniladi. ASM ni jadal sur‘atlar bilan rivojlantirishning asosiy shartlaridan bin, bu uchchala sohaning tenglik va mutanosiblikda faoliyat yuritishidir. Sohalar o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida har bir sohaning yakuniy mahsulot qiymatidagi ulushidan bilib oUsh mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda yakuniy mahsulotning asosiy qiymati Ш sohada yaratiladi. Bu sohada qishloq xo‘jalik xom-ashyosini chiqimsiz qayta ishlash, tayyor mahsulotni saqlash, qadoqlash va o‘rash ta’minlanadi. U ASM korxonasi faohyatini muvofiqlashtirib, katta miqdorda yakuniy mahsulot olishga yordam beradi. Infratuzilma tannoqlari o‘zi mustaqil mahsulot ishlab chiqarmasa-da, lekin ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga malum darajada ta’sir qiladi. Infratuzilma 3 guruhga bo'linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga agrosanoat ishlab chiqarishiga xizmat qiladigan quyidagi tarmoqlar kiradi: transport, aloqa, moddiy-texnika ta‘minoti tashkilotlari, o‘simliklami himoya qilish, hisoblash markazlari va boshqalar. Ijtimoiy infratzulmaga ishchilaming me‘yordagi mehnat faoliyatini ta’minlaydigan va ishchi kuchini takror hosil qihshga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: uy-joy kommunal xo‘jaligi, tibbiyot va bolalar muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport soglomlashtirish, mehnatni muhofaza qilish, dam olish maskanlari va boshqalar. Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlari ishlab chiqarishga xizmat qilsa, ijtimoiy infratuzilma aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasiga ASM tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga ko‘mak beruvchi bank- moliya muassasalari: tijorat banklari, mini banklar xizmatlari, biijalar va brokerlik idoralari xizmatlari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentlari, auditorlik, konsalting markazlar, tijorat, ulguq'i, savdo yarmarka markazlari va sug‘urta tashkilotlari xizmati kiradi. Yakuniy mahsulotning to‘liq nooziq-ovqat turlari farqlanadi. Yakuniy mahsulotning katta qismi oziq-ovqat kompleksida yaratiladi. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan ASM sohalarining barcha tarmoq va tashkilotlari kiradi. Agrosanoat majmuasi tarkibi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi 4 ta bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling