Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldi-sotdi shartnomasL
Kontraktatsiya shartnomasi. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqaruvchi yetishtirilgan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni tayyorlovchiga yetkazib beradi, tayyorlovchi mahsulotni qayta ishlash yoki sotish uchun ushbu tovami olishi va belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirishi zarur.
Demak, tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchisi va tayyorlovchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs (tijorat tashkiloti), tadbirkor, jumladan, dehqon yoki fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lishi mumkin. Tayyorlovchi - qishloq xo‘jalik mahsulotini sotish yoki qayta ishlash uchun sotib oladigan tadbirkor (tijorat tashkiloti yoki yakka tartibdagi tadbirkor). Kontraktatsiya shartnomasi kelgusidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun tuziladi (don, paxta, kartoshka, chorva mollari va boshqalar). Shuning uchun ham shartaomani tuzish va amalga oshirish muddatlari to‘g‘ri kelmashgi mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini esa aniq raqamlar bilan ko‘rsatib bo‘lmaydi. Mahsulot hajmi eng oxirgi raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni eng kam va eng ko‘p. 90 yillar boshigacha kontraktatsiya shartnomasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat xaridini amalga oshirishda keng qo‘llanilgan. Bugungi kunga keHb ham bu o‘z kuchini yuqotgani yo‘q. Biroq, yangi iqtisodiy tizim sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘z mahsulotini sotishda ko‘proq oldi-sotdi va yetkazib berish shartnomalaridan foydalanmoqdalar. Oldi-sotdi shartnomasL Shartnomada bir tomon (sotuvchi) ikkinchi tomonga (sotib oluvchi) tovami sotishi kerak. Sotib oluvchi esa ushbu tovami ma‘lum narxga sotib olishi kerak. Sotuvchi tovar ishlab chiqaruvchi ham bo‘lishi mumkin yoki ulguiji va chakana (boshqa vositachi) tashkilotlar bo‘lishi ham mumkin. Istalgan narsa tovar bo‘la oladi, faqat oborotdan chiqarilgan yoki chegaralanganlardan tashqari (masalan, qishloq xo‘jalik yerlari). Oldi-sotdi shartnomasi ayni vaqtda sotuvchida mavjud bo'lgan tovarga yoki kelgusida ishlab chiqariladigan tovarga tuzilishi mumkin. Sotuvchi tovami shartnomaga muvofiq nomi, miqdori, sifati, o‘rami, qadoqlanishiga qarab ko‘rsatilgan muddatda va belgilangan joyga yetkazib berishi shart. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling