Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet30/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

bo‘g‘in - agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari.


  • bo‘g‘in - agrosanoat majmuasining asosiy tarmog‘i hisoblangan qishloq xo‘jaligidan tashkil topadi.


  • bo‘g‘in. U qishloq xo‘jaligini tashkil etish hamda rivojlanishiga xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar, jumladan, ekinlami, chorva hayvonlarini suv bilan ta’minlaydigan, yerlaming meliorativ holati yaxshilanishini ta‘min etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi tarmog‘i; qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan barcha texnikalarga servis xizmati ko‘rsatadigan tarmoq; yirik bino-inshootlami quruvchi, mavjudlarini ta‘mirlovchi tarmoq; zooveterinariya xizmati, shuningdek, hashorotlarga, zararkunandalarga, begona o‘tlarga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy xizmat ko‘rsatadigan sohalami o‘z ichiga oladi.


  • bo‘g‘in. Unga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, jumladan, paxta tozalash, donni, kanopni, qand lavlagini, go‘sht va sutni, tamakini, sabzavot va poliz mahsulotlarini, meva, uzumni qayta ishlash, yengil va boshqa sanoat tarmoqlari; bozor talabini e’tiborga olgan holda tayyor mahsulotlami ulgurji va chakana holda yetkazib beradigan savdo tarmoqlari kiradi.

    Oziq-ovqat majmui o‘z ichiga yam sakkizta tarmoqni oladi: don mah­sulotlari, kartoshka mahsulotlari, qand-lavlagi, mevasabzavot-konserva, uzumsharbat, go‘sht, sut, yog‘-moy. Sanab o‘tilgan 8 ta tarmoq yagona tashkiliy-huquqiy shaklga ega emas. Chunki, qishloq xo‘jaligi mahsu­lotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bir necha o‘zaro bog‘liq sohalarga taalluqli mustaqil korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.


    O'zbekiston oziq-ovqat sanoatida don, go‘sht va sut ishlab chiqarish tarmoqlariga yetakchilik qiladi. Ushbu tarmoqlarga jami ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 foizi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 20 foizi, ishchi xizmatchilaming 40 foizi to‘g‘ri keladi.
    0‘zbekiston ASM hududiy agrosanoat majmui (respublika va viloyat) va mikrokomplekslarga (assotsiatsiyalar, agrofirmalar, agrosanoat korxonalari) bo‘linadi.
    ASM integratsiyasining dastlabki va eng sodda shakli uncha katta bo'lmagan qayta ishlash tsexlariga ega xo‘jaliklardir. Bu xo‘jaliklardagi sanoat tarmoqlari yordamchi xo‘jalikdir. U agrosanoat korxonasi tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Agrosanoat korxonasi ixtisoslashgan tashkilot bo‘lib, ishlab chiqarish sanoati, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan. Agrar qayta tashkil etilishga qadar bunday shakllanishlar agrozavodlar deb atalgan. Ammo tarkibida mahsulotlami qayta ishlash va saqlash bo‘linmalari bo‘lgan hamma xo‘jaliklar ham o‘zida bunday korxonani ifodalayvermaydi. Agrosanoat korxonasi shtatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, joylashtirish (upakovka) va saqlash bilan shug‘ullanuvchi va ixtisoslashgan tarmoqlardan birining kamida 25% mahsulotini qayta ishlab berish bilan band bo‘lgan ishchilari bo‘lgan xo‘jalik (ishlab chiqarish kooperativlari, davlat mitar korxona xo‘jalik jamiyatlari va boshqalar) lar kiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quyidagi tarzda tashkil etilishi mumkin:
    • xususiy yoki qarz mablag‘lari evaziga qayta ishlash tsexlarini qurish;


    • qishloq xo‘jalik korxonasini qayta ishlash korxonasiga qo‘shib yuborish yoki aralashtirish yo‘li bilan birlashtirish.


    Integratsiyalashgan iqtisodning navbatdagi shakli - agrofirma, qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish.


    Agrofirma - qishloq xo'jalik mahsulotlarini xo‘jalik ichida (xo‘jaliklararo) integratsiyalash asosida ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish asosida ishlab chiqarishni, ya’ni xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxona (birlashma)dir.
    Agrofirmalaming tashkiliy-ishlab chiqarish strukturasi o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo korxonalarining yagona texnologik, iqtisodiy va tashkiliy majmuasini ifodalaydi. ASM va birlashmalardan farqli ravishda agrofirmalar hududdagi korxona va tashkilotlaming kamroq sonini birlashtiradi.
    Qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi integratsiyasining eng murakkab shakli agrosanoat kombinatidir. Bu mahsulot ishlab chiqa­rish, sanoat ishlab chiqarishi, saqlash, qadoqlash va realizatsiya qilish bo'yicha ishlab chiqarish majmuidir. Kombinat tarmoqlar va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash, integratsiyalash va qo‘shish asosida shakllanadi.
    Agrosanoat majmuiga qoidaga ko‘ra, quyidagilar qo‘shiladi: qishloq xo‘jaligi korxonasi; qishloq xo‘jaligi xom-ashyolarim qayta ishlash firmalari; qurilish va transport tashkilotlari; ixtisoslashgan savdo tar- mog‘i.
    Qayta ishlash sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanishi agrosanoat kombinatining atrofida xom-ashyo zonalarini tashkil etish bilan ta’minlanadi. Xom-ashyo bazasini shakllantirish transport taqqoslama xarajatlari va yo‘qotishlarini maksimal darajada qisqartirish imkoniyatlari orqali, shuningdek tayyorlash, saqlash va tashishda mahsulot sifatini saqlab qolish bilan erishiladi.
    Vertikal integratsiyaning shaldlaridan biri agrosanoat birlashma- laridir. Ular qoidaga ko‘ra, bitta ma‘muriy tumandagi qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari asosida tashkil etiladi. Agrosanoat birlashmasi darajasidagi integratsiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, transpor- tirovka doirasi, mahsulotlami qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishda birlikni va balanslashganlikni ko‘zda tutadi.
    Alohida tumanlarda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan agrosanoat birlashmalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi.
    Hozirgi davrda 0‘zbekistonda agrosanoat kombinatlari va birlash­malari shaklida yaratilgan integratsiyalashgan tuzilmalar holding kompaniyalari deb yuritiladi. Bunda mulkiy integratsiya bosh korxona aktsiyalari-nazorat paketlari vositasida qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlami tashkiliy-mohyaviy birlash- tirish asosida yagona tizim yaratish yuz beradi. Holding birlashmalar kapitalning bozorni tezroq tovarlar bilan to‘ldirish maqsadida yuqori tezlikda harakatlanishini ta’minlaydi.
    Holding kompagiyalari - bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat kor­xonalari hamda muzlatgichli saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklari yig‘indisi bo‘Hb, ular ayniqsa, meva-sabzavot, konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
    Agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning yana bir shakli - ishlab chiqarish (ilmiy-ishlab chiqarish) tizimlari. Ular o‘zlarida ma’lum tur mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash bosh tashkilotning tashkiliy va texnologik rahbarligi ostida o‘zaro mas‘uhyat va manfaatdorlik tamoyillari bilan ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalar asosida faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar guruhining shartnomaviy muno- sabatlarini ko‘rsatadi.
    0‘zaro bog‘liq, lekin yuridik jihatdan mustaqil faoliyat yurituvchi koixonalami integratsiyalash zarurligi va maqsadga muvofiqligini rivojlangan mamlakatlar tajribalari tasdiqlamoqda. Bunday yo‘nalish- lardan biri moliya-sanoat guruhlaridir. Ular tovar va xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish va kengaytirishga, ishlab chiqarish samaradorligini o‘sishiga, yangi ish joylari yaratishga yordam beruvchi investitsion yoki boshqa loyihalami realizatsiya qilish uchun yuridik jihatdan mustaqil shaxslami iqtisodiy integrallash asosida tuziladi.
    Agrar sohada moliya-sanoat guruhini tuzish korxonalarga xizmat ko‘rsatadigan va qayta ishlaydigan qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini oqilona kooperativlashtirish uchun zarur. Agrosanoat sohasi va moliyaviy strukturalaming korxonani integratsiyalash bo‘yicha turlicha variantlari bo‘hshi mumkin.
    Hamkorlikdagi faoliyat haqidagi shartnoma asosida agrosanoat uyushmalari tuziladi. U sheriklaming xo‘jalik faoliyatini muvofiqlash- tirish (qishloq xo‘jalik va qayta ishlovchi korxonalar savdo tashkilotlari) va mahsulot realizatsiyasidan tushgan foydani teng taqsimlash borasidagi bir xil huquqlariga asoslangan notijorat tashkilotidir. Uyushmalar ikki xil yo‘nalishda tuziladi: tarmoq ichida va oziq-ovqat bo‘yicha. Birinchisi tarmoq bo‘yicha boshqarishni tiklashga yo‘naltirilgan, ikkinchi holatda uyushmaning tashkilotlari va a‘zolari mos keluvchi soha bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlash korxonalari bo‘ladi.
    Amalda esa kam hollarda notijorat sheriklikning tashkiliy-huquqiy shakli ham qo‘llaniladi.
    ASM sohasidagi yana bitta integratsiyalanish kontsemdir. Kontsem qatnashuv tizimi moliyaviy aloqalar, manfaatlar umumiyligi haqidagi shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan birlashuv shaldidir. Integratsiyalashgan tuzilmalarga kiruvchi tashkilotlar nominal ravishda mustaqilligicha qoladi, aslida esa, yagona xo‘jalik yurituvchi rahbarga bo‘ysunadi. Parrandachilik fabrikasi (2 ta broyler, 1 ta tuxumchilik), omuxta em zavodi, bir qancha non (don) bazalari, shuningdek, xususiy savdo tarmog‘i kiradi. Korxonalami birlashtirish konsemga ishni yagona birlashtirilgan tsikl asosida ( g‘alla yetishtirishdan tortib parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishgacha) tuzish imkonini beradi.
    Kapitalning kontsentratsiyalanish miqyosi ishlab chiqarish quwati, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlariga ko‘ra bunday tuzilmalar bozor konyuktuialari tebranishlarida kuchli barqarorlik kasb etadi, u investitsiya resurslarini samarali taqsimlashga qodir, ulami eng rentabelh yo‘nalishlarga jamlay oladi.


    1. Agrosanoat majmuasi tarmoqlar tarkibi o‘rtasidagi munosabatlar

    ASM ning samarali faoliyatini ma‘lum darajada iqtisodiy muno­sabatlar tizimi belgilab beradi. Iqtisodiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish jarayonida korxonalaming iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqaruvchi munosabatlar shaklidir.


    ASM da mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlaming asosiy shakli xo‘jalik shartnomasi hisoblanadi.
    Xo‘jalik shartnomasi - ishlab chiqarish jarayonida ikkala tomonning majburiyatlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali korxona va tashkilotlar ishlab chiqarilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar hajmining bahosi va ta‘riflarini tartibga soladi, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi, sifati buzilganda, tovarlami sotish muddati o‘tib ketganda tegishli choralar ko‘riladi.
    Shartnomada tomonlaming huquq va majburiyatlari, aniq natijalar bo‘yicha javobgarligi aks etadi. Shartnomaning bo‘limlari quyidagicha: 1. Shartaoma sharti. 2. Tomonlaming majburiyatlari. 3. Hisob-kitob tartibi.
    1. Shartaoma shartlari bajarilmaganda tomonlaming javobgarligi. 5. Tomonlaming manzili va bank rekvizitlari.


    ASM da turli xil shartnomalardan foydalaniladi, jumladan, kontraktatsiya, oldi-sotdi, yetkazib berish, ijara, kredit, mulk sug‘urtasi shartnomasi va boshqalar.



    Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling