Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadvaI Paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bo‘yidha yiriklashtirish to‘g‘risida ma’lumot


Download 1.68 Mb.
bet24/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

2.6-jadvaI
Paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bo‘yidha yiriklashtirish to‘g‘risida ma’lumot




Hududlar nomi


2008 yil 1 oktyabr holatiga


Yiriklashtirilgandan keyin


Soni,
ming


yer
maydoni,
ming
gektar


o‘rtacha
lta
fermerga
yer
mayd.,
ga


Soni,
ming


yer
maydoni,
ming
gektar


o‘rtacha
lta
fermerga
yer
mayd.,
ga

1.

Qoraqalpog* iston R

6,6

461,7

70

3,0

461,7

151

2.

Andijon

6,5

204,8

31

3,4

206,3

60

3.

Buxoro

7,9

360,7

45

3,6

534,8

148

4.

Jizzax

12,5

423,7

34

5,4

452,9

83

5.

Qashqadaryo

21,1

698,3

33

6,9

701,3

101

6.

Navoiy

3,7

136,9

37

1,7

139,3

81

7.

Namangan

5,8

228,1

39

ЗД

233,7

75

8.

Samarqand

9,9

384

39

4,6

389,8

84

9.

Sirdaryo

6,5

222,5

34

3,1

222,5

71

10.

Surxondaryo

7,2

321,7

44

3,2

325,3

99

11.

Toshkent

5,4

223,1

41

2,8

240,9

85

12.

Farg‘ona

9,4

272,5

29

3,9

272,5

69

13.

Xorazm

9,3

198,8

21

2,3

208,5

88





Jami:


112,2


4137,5


37


47,6


4390,1


92

Korxonalar va ulaming bo‘linmalari oichamlari uchun ixtisoslashuv hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ixtisoslashuvning chuqurlashishi xo‘jalik olchamining kengayishiga yordam beradi. Bunda tarmoqdagi mehnat sig‘imi va mexanizatsiyalashuv darajasi ham muhim o‘rin tutadi.


Ammo ayrim tarmoqlarda (sabzavotchilik, bog‘dorchilik, kartoshka yetishtirish va boshqalar) mehnat sig‘imi yuqori (sermehnat) va mexanizatsiyalashtirish darajasining pastligi ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashtirishni sekinlashtiradi, shu jumladan, korxonani yiriklashtirishni ham.
Tabiiy-iqlim sharoiti mamlakatning iqtisodiy tumanlaridagina emas, shuningdek, ma’lum bir tuman miqyosida ham ko‘rinadi. Shuning uchun, turli iqtisodiy tumanlarga joylashgan bir xil yo‘nalishdagi xo‘jaliklar ham o‘lchamlariga ko‘ra keskin farqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining va bo‘linmalarining o‘1chamlari oqilona bo‘Hshini asoslashda omillaming hamma kompleksi hisobga olinishi kerak.


  1. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv va kontsentratsiyalashning iqtisodiy samaradorligi

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalashning iqtisodiy samaradorligi tizim orqali aniqlanadi:


  • qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, ts/ga;


  • chorva hayvonlaming mahsuldorHgi, kg, gramm, h.q;


  • bir gektar qishloq xo‘jalik ekin maydoniga yalpi va tovar mahsuloti qiymati, so‘m;


  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi va tovar mahsuloti qiymati, so‘m;


  • bir birlik mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat, odam-kun);


  • mahsulotlaming turlari bo‘yicha tannarxi, so‘m;


  • mahsulotlar realizatsiyasidan olinadigan daromadlar, so‘m;


  • bir gektar qishloq xo'jalik ekin maydonlariga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori, so‘m;


  • mahsulotlaming rentabellik darajasi, foizda va h.k.


Ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalash agrosanoat ishlab chiqarishi


samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishda ixtisoslashuv va kontsentratsiyalashni ma‘lum (optimal) darajagacha chuqurlashtirish iqtisodiy samaradorlikning oshishiga yordam beradi.
Ixtisoslashtirilgan va yirik korxonalarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yuqoriroq iqtisodiy samaradorligiga jadal va resurslami tejovchi texnologiyalami qo‘llash, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish va to‘lashning ilg‘or shakllarini qo‘llash hamda mavjud ishlab chiqarish resurslaridan (yer, texnika, ishchi kuchi va boshqalar) oqilona foydalanish hisobiga erishiladi.

Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalash hozirgi davrda keng rivojlandi. Ko‘p turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashgan yirik fermer xo‘jaliklari tashkil qilindi: sut, paxta, g‘alla, go‘sht va yirik shoxli qoramollami bo‘rdoqiga boqish, parranda fabrikalari, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va boshqalar. Amalda yirik chorvachilik komplekslari deyarli ishlatilmayotir, ulaming o‘mida fermer xo‘jaliklari barpo etildi.


Yuzaga kelgan sharoitda ko‘plab ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari (chorvachilik, paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik va boshqalar) ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartiradi. Ulaming ko‘pchiligi eng rentabelli va kam mehnat talab qiladigan soha sifatida g‘alla ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladilar. Natijada, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlaridan paxta - 100 %, g‘alla - 90%, sabzavot - 40% fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat yirik fermer xo‘jaliklari samarali faoliyat ko‘rsatadi. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarinmg asosiy ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi. Masalan, AQSHda yirik fermalar (yillik mahsulot realizatsiya qilish hajmi 250 ming dollardan yuqori) barcha fermer xo‘jaliklari sonining 5,3 foizini tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining 50 foizga yaqinini ta’minlaydi. Ulaming ishlov beriladigan yerdagi va kapital qiymatidagi ulushi mos ravishda 24,7 va
  1. foizga teng. Hamma fermer xo‘jaliklarining 80,4 foizini tashkil etuvchi mayda fermalarga 100 ming dollargacha realizatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarming 25 foizdan kamrog‘i to‘g‘ri keladi. Ular ishlov beriladigan hamma yeming 47,7 foizini band qiladilar va kapitalning umumiy qiymatidan 54,1 foizga egalar. Bu mahsulotlar AQSH qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash yuqori daraj adaligidan dalolat beradi.


AQSH fermalarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi, ulaming olchami kengayib, yirik fermer xo‘jaliklarining soni ham ortib bormoqda. Ularda 1 ga yer maydoni va 100 dollar kapitalga mos holda realizatsiya qilingan mahsulotning 649 va 48 dollar to‘g‘ri keladi va bu mayda fermalardagiga nisbatan 5 va 8 marta ko‘p.


Mamlakatimizdagi va xorijdagi yirik va ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining ish tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirmay va kontsentratsiyalashtirmay turib, qishloq xo‘jaligida inqirozning oldini olish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin emas. Yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda agrosanoat integratsiyasi asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarisliini ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalash muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yagona texnologiya asosida ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslangan yirik agrosanoat korxonalarida integratsiyalashmaganlariga nisbatan iqtisodiy samara- dorlik yuqori. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yetishtirilgan hamma mahsulotlar, shu jumladan, nostandart, tez buziladigan va transportirovkasi kam bo‘lganlaridan ham oqilona foydalanish imkonini beruvchi qayta ishlovchi tsex va saqlash omborlarining mavjudligi sezilarli ta’sir qiladi. Bundan tashqari, agrosanoat korxonasida yil davomida ish kuchidan ancha oqilona foydalaniladi.
Shunday qilib, agrosanoat integratsiyasi asosida ishlab chiqarishni kelgusida ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni sezilarli oshirish, tannarxni pasaytirish, uning sifatini orttirish, mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling