Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-jadval Qishloq xo‘ jalik korxonalarining traktor va kombaynlar bilan ta‘minlanishi
- Ko‘rsatkichlar 2005 у 2006
- 2009 у 100 ga haydaladigan yerga to‘g‘ri keladigan traktor
- Zig‘ir o‘rib-yig‘adigan 39,5 32,2
- 7.3-jadvaI Qishloq xo‘jalik yuklarini tashish klassifikatsiyasi
- Yuk tashish turi Tashish yo‘nalishi va yuklarning nomi
- Tashib chiqish - g‘alla, paxta, sabzavotlar, mevalar, kartoshka, texnik ekinlar, hayvonlar, go‘sht, sut va hokazo.
- Tayyorlov korxonasidan - urug‘lik, ekin materiallari, mineral va organik o‘g‘itlar va boshqa yuklar
- Somon va pichanni yig‘ish, g‘aramlash, g‘o‘za-poya, kartoshka, sabzi tashish. Organik va mineral o‘g‘itlami dala bo‘yicha tarqatish va boshqalar
- Bo‘limlararo, fermerlararo, uchastkalararo, dala shiyponlari va boshqalar 5.
- Hamma turdagi ozuqalami fermalarga va ozuqa oshxonasiga tashish, qurilish materiallari, yoqilg‘i, suv va boshqa yuklami tashish
- Tashib chiqish - sut, go‘ng, ozuqa tashish, suv berish va boshqalar
Er
Ev = TR Bunda: Ev - Energiya bilan jihozlanganlik o‘zida bitta o‘rtacha yillik ishchi hisobiga to‘g‘ri keladigan energiya resurslarini ko‘rsatadi, %; TR - o‘rtacha yillik ishchilar soni, kishi. 2002 yilda qishloq xo‘jaligini elektr bilan ta’minlash 1990 yilga taqqoslanganda sezilarli darajada ko‘paydi, energiya bilan jihozlash esa 7 % ga ortadi. Energiya bilan ta’minlashning pasayishi qishloq xo‘jaligida energiya quwatining pasaygani ЬДап izohlanadi. Shu bilan birga ishchilar soni kamayish sur‘ati energoresurslar qisqarish sur‘atidan yuqori bo‘lgan. Bu mehnatning energiya bilan jihozlanishining o‘sishi sezilarsizhgining sharti bo'ldi. Energetik resurslar strukturasida mexanik va elektr dvigatellarning kuchli quwati eng ko‘p ulushga ega. Ulaming ulushiga 99,5 % quwat to‘g‘ri keladi, shunday traktor dvigatellari 35 %, avtomobillar 29 %, kombaynlar - 12 %, elektr dvigatellari va uskunalari - 23 % ni tashkil qiladi. Ish hayvonining ulushi - 0,5 %. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomallashtirishga elektrifikatsiya yordam beradi. Qishloq xo‘jaligining elektr energiyasi bilan ta’minlanganligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib mehnatning elektr bilan ta’minlanganligi va elektr bilan qurollangani xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining elektr bilan ta’minlanganligi o‘zida shudgor yoki ekish maydoni birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini ko‘rsatadi (kVt. soat 1 ga). Mehnatning elektr bilan qurollanganligi o‘rtacha yillik ishchi hisobiga ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori bilan izohlanadi (Kvt. soat). Kompleks mexanizatsiyalashning iqtisodiy samarasi jonli mehnatni iqtisod qihsh, mahsulot tannarxining pasayishi, yo‘qotishlar kamayishi va ishlab chiqarish hajmining ko‘payishida ifodalanadi. Agrotexnika va zooveterinariya tadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli bajaralishi salmoqli darajada qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’min- langanligiga bog‘liq. Traktor bilan ta’minlanganlik 100 ga haydaladigan yer hisobiga shartli etalonli traktorlar mavjudligi bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jalik mashinalari va uskunalari bilan ta’minlanganlik 100 ga shudgorlanadigan yer (umumiy ishlami qiladigan mashinalar uchun) yoki biron-bir ekin hisobiga (maxsus mashinalar uchun) turli xil mashina va uskunalar mavjudligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda xo‘jalikning texnika bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ko‘pincha shudgorlash yoki ekin ekishda bitta traktor yoki mashinaga to‘g‘ri keladigan etalon gektar qabul qilinadi. Keyingi o‘n yillikda qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnika bilan ta'minlanishi darajasi pasaymoqda (7.2-jadval). 7.2-jadval Qishloq xo‘ jalik korxonalarining traktor va kombaynlar bilan ta‘minlanishi
Xo‘jalikning texnika bilan ta’minlanganligi texnikaning haqiqiy soniga unga bo‘lgan normativ talab nisbati sifatida aniqlanadigan ta’minlanganlik koeffitsienti bilan izohlanadi, %: TXf Kob = x 100 TXn Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashning yomonlashuvi qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilaridan moliyaviy resurslarning yo'qligi, ulami sotib olish uchun esa narxlar dispariteti yuzaga kelgani bilan izohlanadi. Bunday holat ayniqsa, texnikani asrab foydalanishni talab qiladi. Qishloq xo‘jaligida mashina-traktor parkidan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlar tizimi bilan izohlanadi. Etalon gektar sharoitida smenali va kunlik ishlab chiqarish - mexanizatsiyalashtirilgan ish hajmining traktor bilan ishlangan smena yoki kun soniga nisbati. Shartli etalon traktorda etalon gektardagi yillik ishlab chiqarish- mexanizatsiyalashtirilgan ish hajmining shartli traktorga nisbati. Traktorlar ishining smenalik koeffitsienti - smenadagi mashina kun soniga nisbati yoki kunlik ishlab chiqarishning smenadagi ishlab chiqarishga nisbati. Etalon traktor bilan ishlangan mashina-kun va mashina-smena sonining traktorlar soniga mashina kun va mashina-smenada ishlangan umumiy soniga nisbati. Traktor parkidan foydalanish koeffitsienti- ish vaqtining yillik fondiga bitta traktor bilan ishlangan mashina-kun sonining nisbati. Shartli etalon gektar hisobida ekspluatatsiya xarajatlari miqdori ekspluatatsion xarajatlaming mexanizatsiyalashtirilgan ish hajmiga nisbati. Ekspluatatsion xarajatlar mexanizatorlarga va yordamchi ishchilarga ish haqi to‘lash, yoqilg‘i va moylash materiallarining qiymati, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnik xizmat ko‘rsatish va traktor hamda mashinalaming joriy ta‘miri, mashinalami saqlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ishning shartli etalon gektarining tannarxi- mexanizatsiyalashtirilgan ish hajmiga texnikalami ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarining nisbati. Ko‘rinadiki, traktorda bajarilgan ishlarning umumlashtirilgan hajmi hisobi birligi shartli etalon gektar deb olmmoqda, ya’ni 1 ga shudgorlashga mos keluvchi etalon shartlarida qabul qilinadigan ish hajmi: agregat harakati tezligi 5 km/soat bolganda 0,5 kg/sm g ning taqqoslama qarshiligi; ishlov berish chuqurligi - 20-22 sm (o‘rtacha - 21 sm); relyef tekisligi (qiyalik burchagi 1° gacha); haydash uzunligi 800 m; dengiz sathidan balandligi 200 m gacha toshloqhlikvato‘sqinliklaryo‘q. N - traktoming texnik asoslangan smenali ishlab chiqarish normasi, ga- Qishloq xo‘jaligi korxonalarida mashina-traktor parklaridan foyda- lanish samaradoriigi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: 1 ta traktoming yillik ishlab chiqarishi 1260 shart. et.ga, kunlik ishlab chiqarishi 8 shart et.ga, smenadagi ishlab chiqarishi 7 shart et.ga, smenalilik koeffitsienti 1,12; 157 mashina kun va 170 mashina smenada ishlagan 1 shart etga ning tannarxi. Kombaynlardan foydalanish samaradoriigi (paxta, g‘alla o‘rib- yig‘adigan va boshqalar) quyidagi ko'rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi: mavsumiy ishlab chiqish, ga sutkalik ishlab chiqarish, ga, ishning kunlik soni. Qishloq xo‘jaligida texnikadan foydalanish samaradorligini ikki usul bilan amalga oshirish mumkin: intensiv va ekstensiv. Ish vaqti birligida traktor va mashinalar unumdorligining oshishi (soatda smenada)-intensiv yo‘l, yil davomida texnikani ekspluatatsiya qilish vaqtining uzaytirilishi ekstensiv yo‘l deyiladi. Ammo texnikadan foydalanishning har qanday uzaytirilishi ham foydali bo‘lavermaydi. Asosiy ishlami cho‘zib o‘tirmasdan eng yaxshi agrotexnika muddatlarida bajarish qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishiga yordam beradi. Traktorlaming kunduzgi va smenali ishlab chiqarishini ko‘paytirish operatsiyalami bajarish muddatlari qisqarishiga ta’sir etadi. Bu yerda agregatlar ishining smenaliligining koeffitsientini oshirish muhim ahamiyatga ega. Hozircha qishloq xo‘jaligi korxonalarida bu ko‘rsatkich pasayishda davom etmoqda. Qishloq xo‘jaligida texnikadan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy omillari - unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ta‘mirlash bazasini takomillashtirish, malakali mexanizator kadrlar bilan ta’minlash, tashkiliy mehnatga haq to‘lashning taraqqiy etgan shaklini joriy etish, texnik va tashkiliy kamchilik-nuqsonlar tufayli to‘xtab qolishining oldini olish, ikki smenali ishni qisqartirishdir. Mashina parkidan foydalanishning yetarlicha samarali bo‘lmasligining sababi ko‘pincha uning ishchi mashinalar bilan komplekslanmagamdadir. Mashina-traktor parklaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qishloq xo‘jaligi ishlarining hamma kompleksini belgilangan muddatda, eng kam xarajat va mablag‘ bilan har bir xo‘jalikda uning optimal strukturasini o‘matish kerak. Mashina traktor parklarining optimal tarkibmi iqtisodiy matematik usullarini qo‘llash bilan hisoblab chiqish mumkin. Keltirilgan xarajatlami minimallashtirish, optimallik mezoni bo‘lib xizmat qihshi mumkin. Bunday masalani aniqlash va hal qilish uchun quyidagi dastlabki axborotlar zarur: qishloq xo‘jaligi ishlarini davrlarga ajratib, bajarishning muddatlari; mavjud mashina-traktor parkining tarkibi va har bir agregatning unumdorligi; har bir davrda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlaming hajmi; har bir agregatdan ma’lum davrda, ma’lum ishda foydalanilganligi hisobiga ekspluatatsiya xarajatlari; qishloq xo‘jaligi mashinalari va traktorlari rusumlari bo‘yicha qo‘shimcha olingan texnikalarining qiymati. Masalani hal etish natijalari xo‘jalik uchun mashinalaming optimal tizimini aniqlashga, texnika xarajatlarini va uni qo‘shimcha olishning iqtisodiy samaradorligini hisoblab chiqish, shuningdek mashina-traktor parki strukturasini o‘zgartirish samaradorligini oshiradi. Texnika taqchil bo‘lgan sharoitda undan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi-tashkilotlarga mavjud yuqori malakali mexanizator kadrlami, ilg‘or texnologiyalami qo‘llay oladigan servis xizmatlarini umumlashtirishdir. Mehnatni yaxshi tashkillashtirish va mashina hamda uskunalarga malakali xizmat ko‘rsatish hisobiga qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanishning ancha yuqori (25 % dan ortiq) samaradorligiga erishish mumkin. Qishloq xo‘jaligidagi transport vositalarining asosiy turi avto- mobillardir. 85 % gacha tashiladigan yuk uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, yuk tashishda traktorlar ham qatnashadi va ulaming ulushi 13 % atrofidadir. Transportning sezilarli ulushi (40 % gacha) dan xo‘ajlik ichida tashishda foydalaniladi. Xo‘jalik ichidagi transportga oid ishlaming afeallik tomoni o‘simlikchilik va chorvachilikdagi texnologik jarayonlar bilan bevosita bog‘liq va ko‘pchilik holatlarda kuz, bahor oylaridagi yog‘ingarchiliklar davrida noqulay yo‘llarda avtomobil transportidan foydalanish mumkin bo‘lmay qoladi. Yuk tashishni oqilona tashkil qilishga qishloq xo‘jaligining zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanishga qishloq xo‘jaligi ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi, ulaming sifati, mehnat unumdorligi va mahsulot tannarxining darajasi sezilarli ta’sir qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlarining umumiy kompleksida transportga oid va yuklash-tushirish ishlari qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarishlashdagi umumiy mehnat sarfining 35-40 % ni, chorvachilikda esa 20 % atrofida tashkil etadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxida transport xarajatlari 17-38 % ni tashkil etadi. Qishloq xo‘jalik yuklarini xarakterlovchi muhim omil ulaming namlik, bosim, harorat, saqlash davomiyligiga ta’siri ostida mexanik xossalaming o‘zgaruvchanligidir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishining mavsumiylik xarakteri yil davomida transport ishlarining hajmini bir tekis boimasligini keltirib chiqaradi. Tashishning notenglik xarakteri ko‘p darajada paxtachilik, g‘allachilik yo‘nalishidagi, karnroq darajada sut-go‘sht xo‘jaliklarida ifodalanadi. Qator holatda bitta yukni bir necha marta tashish zarurati kelib chiqadi, bu qishloq xo‘jaligida tamsport vositalari ishlarini rejalashtirishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan holatdir. Yuklaming sezilarli qismining zichligi kam, bu esa transport vositalarining yuk tashishidan to‘liq foydalanilmaslikka olib keladi, ulaming ish unumini pasaytiradi va yuk tashish xarajatlarini oshiradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, vaqt o'tishi bilan ularda sifat va saqlanishga, intensivlik va xarakteriga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar yuz beradi. Qishloq xo‘jalik yuklarining fizik-mexanik va agrobiologik xususiyatlarini harakatdagi sostav, ortish-tushirish texnikasi va tashishni tashkil etishning mos keluvchi talablari belgilaydi. Tashish shartlari bo‘yicha yuklar oddiy, maxsus harakatlanishga moslashgan, alohida sostavni talab qilmaydigan va maxsus ixtisoslashgan transportlarda (refrejyeratorlarda, furgonlarda, hayvon va parranda tashuvchi maxsus vositalar va boshqalarda) tashishni talab qiladigan turlarga boiinadi. Qishloq xo‘jalik transporti o‘ta xilma-xil yuklami tashiydi: pichan, g‘o‘za-poya, somon, qurilish materiallari, yog‘och materiallari, o‘g‘itlar, go‘ng, donali yuklar, sut va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari shular jumlasidandir. Qishloq xo‘jalik transportlarida tashiladigan yuklar ro‘yxati 250-300 nomda hisoblanadi. Qator yuklar kam miqdorda, lekin doimiy ravishda tashiladi, ba‘zan esa, o‘rim-yig‘im paytida qishloq xo‘jalik transportlari qisqa muddatda katta hajmdagi yuklami tashishlariga to‘g‘ri keladi (7-jadval). Transport vositalarining asosiy vazifasi - yagona ishlab chiqarish jarayonining bir tekisligini, yuklar va ish kuchlarining tez va rejali ravishda harakatlanishini ta’minlash. Busiz ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab, qotib qoladi. Bu ayniqsa to‘xtovsiz ishlab chiqarish jarayoniga ega korxonalarga tegishli, Masalan: agar kombayn yoki g‘allani xirmonga tashiydigan transport vositasi ishdan chiqsa, o‘iim-yig‘im jarayoni deyarli to‘xtaydi. Yuk avtomobil transportlari tonnalarda olchanadigan yuklami aralashtirib yuboradi va tonna kilometrlarda o‘lchanadigan transport ishlarining malum hajmlarini bajaradi. Ushbu ishlab chiqarish jarayonining birligi - yurish, ya’ni yukni ortish paytidan boshlab to navbatdagi yuklashgacha bajariladigan yuklash, tashish va tushirish bo‘yicha operatsiyalar kompleksidir. Qishloq xo'jaligi transportlari harakatdagi sostavini tarkibiy ishlarini rejalashtirish, hisobga olish, tahlil va baholash uchun ulardan foydalanish darajasini, natijalari va uning ishlari samaradorligini baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi o‘matilgan (7.3-jadval). 7.3-jadvaI Qishloq xo‘jalik yuklarini tashish klassifikatsiyasi
Transport vositasidan foydalanish samaradorligini quyidagi ko‘rsatkichlar izohlaydi: transport vositasining texnik tayyorligi koeffitsienti - texnik jihatdan soz holdagi transport vositasining bo‘lishi avtomobil-kuni sonining xo‘jalikda bo‘lgan umumiy avtomobil kuni soniga nisbati. Transport vositasining yo‘lga chiqish koeffitsienti-ishdagi avtomobil kunlar sonining xo‘jalikdagi avtomobil kunlarga nisbati. Yuk ko‘tarishidan foydalanish koeffitsienti. Yuk ko‘tarishdan foydalanishning statistik va dinamik koeffitsientlari aniqlanadi. Yuk ko‘tarishdan foydalanishning statistik va dinamik koeffitsienti haqiqiy tashilgan yukning yuk tashishdan to‘liq foydalanish mumkin bo'lgandagi tashilishi ya’ni avtomobil nominal yuk tashish qobiliyati nisbatiga teng. Iqtisodiy hisoblashda ko‘pincha yuk ko‘tarishdan foydalanishning dinamik koeffitsientidan-tonna kilometrda haqiqiy bajarilgan transport ishlarining ehtimolli bo‘lishi mumkin bo‘lgan transport ishiga (yuk tashish qobiliyatidan to‘liq foydalanilganda) nisbatidan ko‘proq foydalaniladi. Shu tarzda, yuk ko‘tarishning statistik koeffitsientidan farqli holda u nafaqat tashilgan yuk sonini, shuningdek, yuk tashiladigan masofani ham hisobga oladi. Yo‘l bosishdan foydalanish koeffitsienti yuk bilan yo‘l bosishning avtomobilning umumiy yurish masofasiga nisbati. Yurishning o‘rtacha uzunligi - bu avtomobilning yuk ortish punktidan uni tushirish punktigacha bir marta borishi bo‘lib, umumiy yuk bilan yurishni bajarilgan hamma yurishlar soniga bo‘lib, aniqlanadi. Yuk tashishning o‘rtacha masofasi-1 t yukni tashishning o‘rtacha uzoqligi, tonna-kilometrlarda bajarilgan transport ishlarini tashilgan tonnalar miqdoriga bolish bilan aniqlanadi. Yuklash- tushirishda transport vositasining bo‘sh turib qolishi - transportga yuk jo‘natiladigan punktdan u olib borilgan joyda yuk tushirib olingunga qadar to‘xtab turilgan vaqt. Naryad (ishga bo‘Hsh) dagi vaqt - avtomobilning garajdan chiqib ketgan vaqtidan to garajga qaytib kelgan vaqtigacha, haydovchini ovqatlanish uchun ketgan vaqti olib tashlanib, soatlar soni bilan hisoblanadi. Texnik tezlik - transport vositasining ma‘lum vaqt ichida harakatlanishidagi o‘rtacha tezlik, bosib o'tilgan masofaning harakat vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi. Ekspluatatsiya tezligi - transport vositasining yo‘lda bo‘lishi vaqtida harakatlamshining shartli tezligi, bosib o‘tilgan masofaning yo‘lda bo‘lingan umumiy vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Avtotransportdan foydalanish samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: Yurishlar soni - transport vositasining yo‘nalishdagi ish vaqti, ya’ni yo‘l yurishning bevosita bajarilishi (yo’l yurishga ketgan xarajatlami ayirish bilan). Transport vositasining ish unumdorligi — bir avtomobil bilan bir ish kunida tashilgan yuk hajmi; yurilgan yo‘l sonini bir marta yurishda tashilgan yuk hajmiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. Transport vositalarining unumdorligi tashilgan yuk hajmi T yoki vaqt birligida bajarilgan ish T/km bilan xarakterlanadi. Bu - transport vositalaridan foydalanish darajasini xarakterlovchi eng muhim umumlashtimvchiko‘rsatkichlardanbiri. Таппагх T/km.da - avtotransport ishining eng muhim natijaviy ko‘rsatkichi, uni hisoblash uchun xo‘jalikda avtotransportni saqlashga ketadigan hamma xarajatlardan avtomobilni kapital ta‘mirlash xarajatlarini ayirib, bajarilgan tonna - kilometrga bo‘linadi. Bu ko‘r- satkich ko‘p jihatdan avtomobillaming ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq, avtotransport tonna kilometrining tannarxiga haydovchilar mehnatiga haq tolash, joriy ta‘mir chiqimlari, yoqilg‘i va moylash materiallari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar transport ishlarida traktorlardan foydalanish darajasi va ulardan foydalanishning samaradorligini ham izohlaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling