Faoliyat asosiy turining asosiy ishlab chiqarish vositalari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarmoqlari foydalanilishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: o‘simlikchilik, chorvachilik, ummniy foydalanish bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish vositalari (8.1-rasm).
Asosiy ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi guruhi - boshqa tarmoqlar asosiy ishlab chiqarish vositalari sanoat-ishlab chiqarishning
asosiy vositalari, qurilish savdo va umumiy ovqatlanish.
Sanoat ishlab chiqarishning asosiy vositalari mashina-traktor ustaxonalari yordamchi ishlab chiqarishning ob‘ektlari
va jihozlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quwatini qamrab oladi.
Asosiy vositalaming hisobi natural va qiymat o‘lchov birligida amalga oshiriladi. Vositalami qiymat birligida baholashning asosiy ko‘rinishi boshlang‘ich tiklanishga doir va qoldiq qiymatida bo‘ladi.
Shuningdek, balans qiymati va tugatish qiymat tushunchalari ham mavjud.
Asosiy vositalaming boshlang‘ich
qiymati-bu xarid qilish, yetkazib berish mashina va uskunalaming montajiga binolar va inshootlar qurilishiga va ulami ekspluatatsiyaga kiritishga hamda boshqalarga qilingan haqiqiy sarf xarajatlaming hisob-kitobidir. Agar asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati butun xizmati davomida o‘zgarmasa, ular korxona balansida ana shu qiymat bilan hisobga olinadilar. Yillik amortizatsiya chegirmalari ham boshlang‘ich qiymat bo‘yicha bajariladi.
Inflyatsiya va boshqa sabablarga ko‘ra asosiy vositalaming qiymati ba‘zida ob‘ektlaming haqiqiy bahosini aks ettira olmay qoladi. Mahsulotning aniq qiymati va amortizatsiyasini aniqlashda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Asosiy vositalaming yangi bahosi asosiy vositalaming tiklanishga doir qiymati degan nom oladi. Asosiy vositalar qayta baholangandan keyin korxona balansida ana shu tiklanishga doir bahosi bilan hisobga olinadi. Yangidan sotib olingan asosiy vositalar - ushbu bosqichda bozorda shakllangan boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: