Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet82/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Om = = 0,02 so‘m.;
93063
Yalpi tovar mahsulotlari va daromadlaming ko‘rsatishicha xo‘jalikda fond qaytimi juda past.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi mahsulotlami ishlab chiqarish va qayta ishlashda ishlami bajarish va xizmat ko‘rsatishda asosiy vositalar ham ishtirok etadi.


  1. Aylanma fondlar (vositalar) haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlashtirilishi

Aylanma vositalar deganda ishlab chiqarish davrida bir marta ishtirok etadigan va o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tarmarxiga o‘tkazuvchi moddiy-pul mablag‘larining yig‘indisi tushuniladi.


Aylanma vositalar mehnat predmetlariga kiradi. Asosiy vositalardan farqli ravishda ular har bir ishlab chiqarish jarayonida nafaqat to‘liq sarflanadi, shuningdek, o‘zining dastlabki moddiy-natural shaklini o‘zgartiradi ham. Aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik ishlab chiqarishning uzluksizligiga, tayyor mahsulot chiqarishga, ishlab chiqarishning yangi davri o‘z vaqtida moliyalashtirilishiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi.
Ishlab chiqarish jarayonida aylanma vositalar muntazam harakatda boladi. Ishlab chiqarishning har bir davri aylanma harakatni yakunlaydi.
Aylanma vositalaming aylanishi uch bosqichdan iborat: pulga, ishlab chiqarishga va tovarga oid.
Pulga oid bosqichda pul mablag‘lari zarur moddiy aylanma vositalami sotib olish uchun (urug‘lik, yem, yonilg‘i-moylash materiallari, qayta ishlash uchun ham ashyolar va boshqalar) moliyalashtiriladi.
Ishlab chiqarishga oid bosqichda sotib olingan moddiy aylanma vositalar yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yuz beradi. Tovarga oid bosqichda tayyor mahsulot realizatsiya qilinadi. Realizatsiyadan olingan tushum (pul shakli) yangi ishlab chiqarish davrining boshlanishi bo‘ladi.
Sxemadan farqli ravishda real ishlab chiqarishda aylanma vositalar bir vaqtning o‘zida aylanishning hamma bosqichlarida ishtirok etib, ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydilar.
Funktsional vazifalariga ko‘ra aylanma vositalar ishlab chiqarishdagi aylanma fondlar va muomaladagi fondlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishdagi aylanma fondlar ishlab chiqarish zahiralari tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrga xarajatlardan tashkil topadi. Aylanma mablag‘lar tuzilmasida ular 85 - 90 % ni egallaydilar.
Ishlab chiqarish zahiralariga yosh chorva mollari va bo‘rdoqiga boqilayotgan chorva mollari, parrandalar, yem-xashak, urug‘lik va ekiladigan materiallar, ta’mir uchun ehtiyot qismlar va materiallar, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoyalash vositalari, donli ekinlaming sug‘urta jamg‘armalari, yordamchi sanoat ishlab chiqarishida qayta ishlash uchun xom-ashyo va materiallar, bosh materiallar, asosiy faoliyatning ehtiyoji, ta’mirlash va boshqalar uchun qurilish materiallari, tara va tara materiallari narxi arzon va tez ishdan chiqadigan predmetlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish quyidagilami qamrab oladi: o‘simlikchilikda - kelgusi yil hosiliga sarf-xarajatlar, asosiy shudgorlash, organik va mineral o‘g‘itlar kiritish; kuzgi ekinlar; chorvachilikda boqish maqsadlarida indagi asallar, inkubatsiya jarayonidagi tuxumlar; sanoat yordamchi ishlab chiqarish - to‘liq ishlab chiqish davridan o‘tmagan va ish joyida bo‘lgan yarim febrikatlar va buyumlar; ustaxonalarda o‘z uskuna (jihozlarining) transport vositalari, traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari.
Kelgusi davr xarajatlariga chorva mollari uchun yozgi lagerlar, molxonalar, bostirmalar, maydonchalar, donni vaqtincha saqlash va tozalash uchun ixtisoslashtirilgan tok, shuningdek, yangi mahsulotga tayyorgarlik va uni o‘zlashtirishga qilingan xarajatlari kiradi.
Muomala fondlari quyidagilami qamrab oladi: omborlardagi tayyor mahsulotlar, yo‘ldagi va yuklangan tovarlar pul mablag‘lari iste’molchilar bilan tovarga hisob-kitob qilingan mablag‘lar. Aylanma vositalar tuzilmasida ular taxminan 10-15 % ni tashkil etadi.
Rejalashtirish darajasi bo‘yicha aylanma vositalar normalangan va normalanmaganga boiinadi. Normaga solingan asosiy vositalarga ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarishning kelgusi xarajatlari, tayyor mahsulot tayyorlov tashkilotlari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Aylanma vositalami normaga solish korxonaning normal ishlashi uchun zahira va normativlaming rejali normasini o‘matishni bildiradi. Bu xom-ashyo va materiallami normadan ortiq bo‘lishidan saqlaydi, ulami saqlash xarajatlarini qisqartiradi, asoslanmagan pul mablag‘ini jalb etishga yo‘l qo‘ymaydi, ulami ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflashga imkon beradi.
Aylanma vositalaming asosiy turlarini rejalashtirish asosida minimal ehtiyoj prinsipi yotadi. Urug‘lik va ekiladigan materiallar, yosh chorva mollari va bo‘rdoqiga boqiladigan mollar, chorvachilikda tugallanmagan ishlab chiqarish, boqilayotgan chorva mollari, o‘simlikchilik va chorvachilikda tugallanmagan ishlab chiqarishlar bo‘yicha asosiy vositalar normativlari ulaming to‘liq ehtiyojiga mos keladi. Hisob varaqdagi qoldiq pul mablag‘lari va hisob-kitobdagi mablag‘ bo‘yicha normativ o‘matilmaydi.
Rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq, yem-xashak va to‘shamalarga xususiy aylanma mablag‘laming taxminiy normativlari quyidagicha bo‘lishi kerak: don, yem-xashak bo‘yicha pichan va somonga bo‘lgan yillik ehtiyojning 15-20%, to‘shamaga pohol - 15 %, boqish maqsadida har bir asalari oilasiga 5 kg gacha asal. Mineral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoya qilish va chorva mollari uchun tibbiy dori- darmonlar bo‘yicha xususiy aylanma vositalar normativi 8,3 %, qattiq yoqilg‘i uchun 16,6 (ikki oylik talab), traktorlar uchun ehtiyot qismlar va shinalarga - 10 %. Dizel yoqilg‘isi, benzin, moy va boshqa neft mahsulotlari uchun xususiy aylanma mablag‘lar noimativlari oylik talab miqdorida, ya’ni 8,3 % o‘matiladi.
Aylanma vositalarning boshqa turlari bo‘yicha ham normativlar ana shunday prinsiplarda o‘matiladi.
  1. Aylanma vosita (mablag‘) lar


  2. Ishlab chiqarish aylanma vosita (mablag1) lari


  3. Ishlab chiqarish zahiralari


  4. Taralar va tarali materiallar


  5. Qurilish materiallari


  6. Uskunalar, xo‘jalik inventar jihozlari


  7. Urug‘lik va ekiladigan materiallar


  8. 0‘g‘itlar va zaharli ximikatlar


  9. Yem-xashak


  10. Yoqilg‘i va moylash materiallari


  11. Ehtiyot qismlar


  12. Bo‘rdoqiga boqilayotgan chorva mollari


  13. Tugallanmagan ishlab chiqarish


  1. 0‘simlikchilik


  1. Chorvachilik


  1. Kelgusi davr xarajatlari


  2. Muomaladagi fondlar


  3. Tayyor mahsulot


  4. Pul mablag‘lari


  5. Yuklangan tovarlar


  6. Hisob-kitobdagi vosita (mablag‘)lar.


Aylanma mablag‘lar shakllanish manbalari bo‘yicha xususiy, qarz va jalb etilganga bo‘linadi. Xususiy aylanma mablag‘lar miqdori korxona tomonidan mustaqil o‘matiladi va aylanma mablag‘lar normativlariga mos keladi.


Xususiy aylanma mablag‘iar miqdori turg‘un bo‘2maydi. U har yili ishlab chiqarish hajmi va tuzilmasining xom-ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i moylash materiallari, o‘g‘it, o‘simliklami va chorva mollarini himoyalash vositalari, elektr tashuvchilar ta’riflariga baholaming o‘zgarishi ta’sirida o‘zgarib turadi.
Xususiy aylanma mablag‘larga talabning o‘sishi bilan mablag‘lardagi yetishmovchiliklar, ustav qo‘shimcha va rezerv kapitallar, taqsimlanmagan daromadlar, amortizatsiya ustamalari, ta’mir fondi kelgusi davr daromadlari oldinda turgan xarajatlar rezervlari hisobiga qoplanadi.
Xususiy aylanma mablag‘larining manbalaridan biri ish xaqi bo‘yicha har oylik qarzlar ijtimoiy ehtiyojlar va ta’tillarga ajratmalardir. Bu ishchilaming ish haqini ish bajarilgan yoki mahsulot ishlab chiqarilishi bilan bir vaqtda emas, balki kechroq olishlari bilan bog‘liq. Ta’tilga to‘lovlar bir yilda bir marta beriladi, qarz asta-sekm yig‘iladi, ijtimoiy ehtiyojlar va byudjetdan tashqari fondlar bilan bo‘ladi.

Normal bozor iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari faqat xususiy manbalari hisobiga aylanma mablag‘larga talabni to‘liq shakllantirish foydali emas. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish sur’ati pasayishiga, shuningdek, yilning alohida davriga ortiqcha aylanma mablaglar shakllanishiga olib kelgan bo‘lar edi. Shuning uchun xo‘jaliklarga aylanma mablag‘laming minimal zahirasiga ega bo‘lish, bo‘sh pul mablag‘larini ishlab chiqarishga yo‘naltirish iqtisodiy jihatdan foydali.


Aylanma mablag‘lardagi yetishmovchilik banklardan olingan qisqa muddatli ssudalar, ya’ni qarz mablag‘lar hisobiga qoplanadi. Banklardan tashqari, hukumat tashkilotlari, moliyaviy kompaniyalar va boshqa tijorat tuzilmalari ham mablag‘ berishi mumkin. Ular qisqa muddatli ssudalar, imtiyozli tovar kreditlari, avans tolovlari, veksellar, soliq tolovlarming kechiktirilishi shaklida beriladi.
Aylanma mablaglami to‘ldirish xususiy va qarz mablag‘lari bilan bir qatorda jalb etilgan mablag‘lar hisobiga ham bajariladi. Ularga to to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi uchun foydalangunga qadar kredit qarzlari va maqsadli moUyalashtirish mablag‘lari taalluqlidir.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling