Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet90/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Mehnat bozori - bu agrosanoat komplekslari tarmoqlarida band bo‘lgan ishchi kuchlari harakatining ijtimoiy -iqtisodiy shakli. Mehnat bozori tovar ishlab chiqarish va muomala qonuniyatlari bo‘yicha ishchi kuchini qayta tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hayotiy farovonligi uchun mehnatga individual xususiyatlami almashlash bo‘yicha munosabatlar tizimini o‘zida aks ettiradi. Bunda o‘ziga xos tovar sifatida ishchi kuchi chiqadi.
Har qanday tovar bozori singari mehnat bozori ham talab va takliflarga asoslangan. Bu holatda talab ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj shaklida taldif esa bozorda mos ravishda mavjud bo‘ladigan ishchi kuchiga nisbatan bo‘ladi. Talab va taklif ishchilar tomonidan u yoki bu ishchi o‘mini egallash, u yoki bu ish joyini egallash maqsadida ishchilar orasidagi raqobatli kurash davomida yoki zarur ishchilami jalb etish uchun ish beruvchilar orasida amalga oshiriladi.
Bozor uchun quyidagi xususiyatlar xarakterli. Birinchidan, agar ishchi kuchi mehnat jarayonida qiymat barpo etsa, resurslarning boshqa hamma turlari mehnatning o‘zi bilan yangi qiymatga o‘tadi holos. Ikkinchidan, ish kuchi taklifi demografik omillar bilan - tug‘ilish darajasi, mehnatga layoqatli aholi sonining o‘sishi, sur’ati uning jinsga doir yosh tuzilishi bilan belgilanadi. Uchinchidan, ishchi kuchi dinamikasiga migratsiya jarayoni ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, ishchi kuchiga bo'lgan talabga ilmiy-texnik taraqqiyot ham ta’sir etadi.
Agrar mehnat bozorining shakllanish jarayonida bandlik muammosi keskinlashadi. Qishloq xo'jaligida o‘tkazilayotgan qayta shakllanishlar asosida yangi muammolar ham kelib chiqadi; yashirin ishsizlik ortadi, qishloq xo‘jaligining yuqori malakali ishchi va mutaxassislari soni kamayadi, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi soni qisqaradi, ishchilaming o‘rtacha yoshi ortadi. Ammo, qishloqda aholining migratsiyasi kamayadi. Mehnatga qobiliyatli aholining qishloqdan shaharga oqib borishining kamayishi qishloqda vaziyatning yaxshilangani oqibati emas, balki shaharda ishchi kuchiga talabning qisqargani bilan bog'liqdir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, agrar mehnat bozori mehnat resurslaridan foydalanishni sezilarli yaxshilashga, qishloq xo‘jaligida ularga bo‘lgan talabning keskin qisqarishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga bozor munosabatlari eng og‘iri ishsizlik bo‘lgan qator ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
G‘arbda ishsizlik ko‘lamining o'sishi uchun normal asos-bozoming kelgusi kengayishi oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlab chiqarishni, demak ishlab chiqarish samaradorligining pasayishini bildirsa, bozoming tugagani bo‘ladi.
Mehnat bozorining shakllanishiga qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoatining davriyligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jahgi ekinlarini mexanizatsiyalashtirilishi darajasi past bo‘lgani holda yetishtiriladigan xo‘jaliklarda mehnat resurslariga talab yuqori.
Ta’kidlash kerakki, qishloq joylarida ishchilaming ishdan bo‘sh qolishi sur’atining o‘sishi shaharga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Qishloq xo'jaligida ishsizlikning ko‘payishi tarmoqlarda ishlab chiqarishning pasayoshi davom etayotgani oqibatidir. Ishsizlar sonini oshiruvchi rezervlar band bo‘lmagan aholi (uy bekalari va boshqalar) hisoblanadi. Qishloq joylarida ulaming ulushiga 12 % mehnatga qobiliyatli aholi to‘g‘ri keladi. Qishloq aholisining ishsizlik darajasi 1997 yildan 2010 yilgacha 6,3 dan 3% ga qisqardi.
Qishloq joylarida ishsizlik qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari tomonidan ishlab chiqarishning pasayishiga qaramay bo‘sh ish joylarini qisqartirish bilan ishchilami ish haqi to‘lanmasdan majburiy ta’tilga yuborishni berkitishlari kuzatiladi. Ishsizlar sonini bankrot bo‘lgan fermerlar ham to‘ldiradilar. Ishsizlik shuningdek, qochoqlar va ko‘chib keluvchilar hisobiga ham ko‘payadi.
Agrosanoat komplekslarida mehnat bozorlarini barqarorlashtirish individual mehnat faoliyatining rivojlanishi kichik biznes xo‘jalik yuritishning yangi shakllari tashkil etilishi bilan qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish imkoni tug‘iladi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘llab-quwatlovchi chora-tadbirlar zarur.
Ishsizlaming demografik tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ulardan 2/3 qismi ayollardan, 45 % dan ко‘prog1 i 16-29 yoshdagi yoshlardan iborat. Qishloqlardagi ishsizlar orasida ayollaming ham bo‘lishi birinchi navbatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qishloq xo‘jaligi korxonasidagi mutaxassislar va xizmat qiluvchilar sonining kamayishi, shuningdek, qishloq ijtimoiy-madaniy sohasining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq.
Mehnat bozoridagi siyosatga ishini yo‘qotgan, lekin samarali mehnat qilishni xohlovchi va faoliyatning yangi turini faol qidirayotgan qishloqning mehnatga qobiliyatli aholisini qo‘llab-quwatlashning davlat choralarini ham qo‘shish kerak. Mehnat bozorini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari - davlat sektorida bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish va ish o‘rinni tayyorlash, qayta tayyorlash, ishchilami yollashga ta’sir o‘tkazish, ishsizlarga nafaqaga mablag‘ ajratishdir.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling