Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Id Is. -Ayfs % 100 Bunda Is - ishsizlik soni-odam: Ayfs - aholining iqtisodiy faol soni (ishchi kuchi)-odam.
Ishsizlikning davomiyligi - ishdagi o‘rtacha uzilish (ta’til) vaqti ish joyini yo‘qotish va yangi ish joyiga joylashish orasidagi vaqt bilan aniqlanadi. Ishsizlik darajasi qishloq joylarida 5-6 %, shahar joylarida 7-8 % ni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida ishsizlik ishlab chiqarishining pasayishi, mehnatning yuqori ishlab chiqarish vositalarini va mehnatni tejaydigan texnologiyalami mahsulot ishlab chiqarishda tuzilmaviy o‘zgarishi, (sermehnat chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining keskin qisqarishi), mulkchilik shaklining va xo‘jalik yuritishning tashkiliy- huquqiy shakli o‘zgarishi, ish haqining pastligi va mehnat sharoitining yomonligidan, odamlaming o‘z arizasi bilan bo‘shab ketishi, demografik jarayonlar (migratsiya, tug‘ihsh, o‘lim) va boshqalar bilan paydo bo‘ladi. Mehnat resurslari tuzilmasi - bu turli toifadagi ishchilaming ulaming umumiy miqdoriga foizli nisbati. Qishloq xo‘jaligi korxonalari xodimlari tuzilmasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band ishchilar ulushi 8590 %, shu jumladan doimiylar 70-75 %, shundan traktorchi-mashinistl^r 3-4 %, mavsumiy va vaqtinchalik 5-6 %, rahbarlar va mutaxasislar ulushiga 2-3 % to‘g‘ri keladi. Tuzilma ko‘plab omillar bilan aniqlanadi: korxonaning o‘lchami va ixtisoslashganligi; uning integratsiyalashuv jarayonlarida qatnashuvi, tabiiy sharoitlar va boshqalar. U yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi, ish staji, malakasi kabi qator belgilar bilan hisoblanishi mumkin. Ishchilaming ro‘yxatga olingan o‘rtacha miqdori yiliga ulaming ro‘yxatga olingan o‘rtacha miqdorining hamma oylar bo‘yicha jamlab olingan miqdorini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Ishchilaming bir oyda ro'yxatga olingan miqdori, ro‘yxatdagi ishchilar tarkibi sonini oyning har bir kalendar kuniga jamlash va olingan miqdorini oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish bilan hisoblanadi. Ishchilaming yillik o‘rtacha miqdorini, xo‘jalik ishchilarining bir yilda ishlagan vaqtini kishi/soat, kishi/kun) ish vaqtining yillik fondiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Mehnat resurslarini qayta taqsimlash shakli - ishchi kuchi migratsiyasi, ya’ni mehnatga qobiliyatli aholi yashash joyining o‘zgarishi va ko‘chishi. Bunda mamlakat chegarasidan o‘tib ketilishi yoki o‘tilmasligiga qarab ichki va tashqi migratsiyani farqlaydilar. Ichki migratsiya (mamlakat hududi ichida, qishloqdan shaharga) - aholi tarkibining va joylashuvining o‘zgarishi, bu bilan mamlakat aholisining soni o‘zgarmaydi albatta. Tashqi migratsiya esa mamlakat aholi sonini kengaytirib yoki miqdorini ko‘paytirib unga ta’sir etadi. Tashqi migratsiya mamlakatdan tashqariga doimiy yashash uchun ketgan va mamlakatga xorijdan yashash uchun kelgan odamlar soni orasidagi farqni o‘zida aks ettiradi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling