Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari
Ishlab chiqarish jarayonida hal qiluvchi rol jonli mehnatga taalluqli. 0‘tgan moddiylashgan mehnat sanoat ishchilarining mashinalarda, uskunalarda, mineral o‘g‘itlar va boshqalardagi melmatini va qishloq xo'jalik ishchilarining urug‘larga, yem-xashak va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga aylangan mehnatlarini qamrab oladi. Jonli va moddiylashgan mehnat orasidagi taqqoslash texnik qurollanish ortgani sayin o‘zgarib boradi. Dehqonchilik mahsulotini ishlab chiqish jarayonida moddiylashgan mehnat ulushiga 67% to‘g‘ri keladi, jonli mehnat esa 33% ni egallaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni joriy etish bilan moddiylashgan va jonli mehnat sarfi nisbati moddiylashgan mehnat sarfi ortishi va jonli mehnatning kamayishi tomon o‘zgarib boradi. Ish vaqtida mehnatning jami sarfi hisobi mahsulot hisoblash uchun asos bo‘ladi, chunki tovaming bahosi unga sarflangan ish vaqti bilan aniqlanadi. Mahsulotlaming alohida turlarini ishlab chiqishda mehnat unum- dorligini aniqlash uchun oxirgisi natural birliklarda (kg.,t.) hisoblanadi. Natural holida summalanmaydigan turli xil mahsulotlar mehnat unumdorligini aniqlashda uni pul shaklida ifodalaydi. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida mahsulot ishlab chiqilganda mehnat unumdorligi (so‘m)ni ishchilaming o‘rtacha yillik soniga joriy narxlarda yalpi mahsulot ishlab chiqarish narxiga nisbati bilan aniqlanadi: YAMjb Mu = To‘r Bunda YAMjb - yalpi mahsulotning joriy bahodagi qiymati, so‘m.; T0‘r - ishchilaming o'rtacha yillik soni, kishi. 0‘simlikchiIik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat unumdorligini joriy baholardagi yalpi mahsulot qiymatini (yoki natural ifodadagi yalpi mahsulot) mehnatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarfiga nisbati sifatida hisoblash mumkin: YAMjb YAMn Mu = yoki Mu = Ms Ms _ Bunda YAMa - natural ifodadagi yalpi mahsulot (o‘simlikchilik yoki chorvachilik), t; Ms -to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat sarfi kishi/soat. Mehnat unumdorligi, aks ko‘rsatkichi alohida turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishdagi mehnat sig‘imi, ya’ni mehnat mahsuloti birligi, kishi/soatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarfi hisoblanadi: Ms Ms= YAM Qayta ishlash tarmoqlarida mehnat mumdorligini baholash uchun xususiy va yordamchi ko‘rsatkichlami umumlashtiruvchi tizim qo‘llaniladi. Umumlatiruvchi ko‘rsatkichlarga bir ishchining o‘rtacha yillik, o‘rtacha kunlik va o‘rtacha soatlik mahsulot ishlab chiqarishi, shuningdek qiymat ifodasida bitta ishlovchiga o‘rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishlari kiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar - ma’lum turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt (mahsulot, mehnat sig‘imi) yoki ma’lum turdagi mahsulotni 1 kishi/ kuni yoki 1 kishi/ soatiga natural ifodada chiqarish. Yordamchi ko‘rsatkichlar ma’lum ish turi birligini bajarishga vaqt sarfi yoki vaqt birligiga bajarilgan ishlar hajmi. 0‘simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulotlaming asosiy turlaridan tashqari qo‘shimcha mahsulotlar ham ishlab chiqiladi. Masalan, don yetishtirishda dondan tashqari don chiqindilari va somon, sut chorvachiligida buzoq nasllari yaratiladi. Don ekinlari yetishtirishda mehnat sarfini don-somon va don chiqindilari orasida taqsimlashda (buxgalteriya ma’lumotlariga ko‘ra) yetishtirilgan don mahsulotiga (t) ishlov berilgandan keyingi don chiqindilaridagi mayjud sof don foizlariga, kishi/soatini bilish kerak. misol. Donli ekinlar yetishtirish uchun mehnat sarfi 37,0 ming kishi/soatini, shu jumladan somon yig‘ishga (yig‘ish va presslash) 1,5 ming kishi/soatni tashkil etdi. Xo‘jalikda ishlov berilgandan keyin 38501. don, 1000 t. pohol va 100 t. don chiqindilari tayyorlandi. Laboratoriya tahlili ma’lumotlari bo‘yicha don chiqindilarida 35% toza don mayjud. 1 t. don, 1 t. don chiqindilari va 1 t. somonga qilingan mehnat sarfini hisoblaymiz (kishi/soatda). Hamma mehnat sarfi dan somon yig‘ish uchun mehnat sarfini ajratib hisoblaymiz: 37,0 - 1,5 = 35,5 ming kishi/soat. Shu tarzda don va don chiqindilariga qilingan mehnat sarfini olamiz. Don chiqindilaridagi toza don massasini aniqlaymiz. 100x35 =35 t. 100 Don chiqindisidagi toza donlami haqiqiy yetishtirilgan donga qo‘shib (35 + 3850 = 38851.), 11. donga qilingan mehnat sarfini aniqlaymiz: : 3885 =9,1 kishi/soat Don va don chiqindilariga tushuvchi hamma mehnat sarfini hisoblaymiz: 9,1 x 3850 = 35,03 ming kishi/soat Don chiqindilariga mehnat sarfi: - 35,0 = 0,47 ming kishi/soat don chiqindisiga mehnat sarfi: 470
100 somonga mehnat sarfi: 1500
1000 Don yetishtirishda soatli mehnat unumdorligi (t): YAM Bunda Ms - ekinlari yetishtirishga mehnat sarfi (somonga qilingan mehnat sarfidagi tashqari) kishi/soat. Misolimizda 3885 Mu = = 0,111. 35500 Demak 1 kishi/soatida don yetishtirish 0,11 t.dan iborat. Sut chorvachiligida mehnatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarfi sutga va buzoq olishga quyidagicha taqsimlanadi: 90 % sutga va 10% buzoqlarga. misol. Sog‘in sigirlar podasi bo‘yicha mehnat sarflari 135 ming kishi/soatidan iborat bo‘ldi. Bir yilda 1380 t. sut sog‘ib olingan 422 ta tirik buzoq olingan. Sut va buzoq olishga sarflangan mehnat sarfini aniqlaymiz: 135000 х 90 sutga: = 121500 kishi /soat; 100 Buzoq olishga: 135000 - 121500 = 13500 kishi/soat; 121500 sutga: = 88 kishi /soat; 1380
1 bosh buzoqqa: = 32 kishi /soat; 422 Qayta ishlash tarmoqlari ishchilaming sonini ishlab chiqarish dasturi asosida hisoblanadi. Ishlayotganlaming ro‘yxatdagi va doimiy tarkibini rejalashtiradilar. Ro‘yxatdagi tarkibga vaqtincha, doimiy va mavsumiy ishchilar — ular ayni paytda ishdami yoki vaqtincha ishda emasmi qat’iy nazar (kasallik, ta’til va boshqalar) mehnat daftarchasi yuritiladi, doimiylar esa — bevosita ishga chiqqan ishchilardir. Ishlab chiqarishning xodimlarga talabini aniqlashning boshqa usullari ishlab chiqarish darajasi va ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqishdir. Miqdomi hisoblashda vaqt fondi va ishlab chiqarish normasining bajarilishidan kelib chiqib, mo‘ljalli hisob-kitob qilinadi. Yordamchi xo‘jalik va boshqa toifadagi ishchilar soni alohida hisoblanadi. Muhandis- texnik ishchilar, xizmatchilar va boshqaruv xodimlari boshqa ishchilar shtat jadvalidan aniqlanadi. Ishchilar sonini yanada aniq hisoblash uchun ishlab chiqarish dasturining mehnat sig‘imiga asoslangan boshqa usuldan foydalanish kerak bo‘ladi. U yuk hisob-kitobini ishlab chiqarish (unumdorlik) dasturi mehnat sig‘imini bitta ishchining foydali ish vaqti fondiga bo‘lish yo‘li bilan miqdoriy hisob-kitobni topishni ko‘zda tutadi. Yashiklar va karton tara (quti) lami tayyorlash va ta’mirlash yuklash- tushirish ishlarida band bo‘lgan ishchilar sonini ish hajmi rejalashtirilgan davrda sermashaqqat ishlami mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan tashkiliy-texnik tadbirlami hisobga olgan holda ishlab chiqarishning amaldagi nonnalaridan kelib chiqib o‘matiladi. Ishchilar soni vaqtning tavsiya qilinadigan turlari normativlari asosiy va yordamchi uchastkalarga xizmat ko‘rsatish normalarini va oqilona joylashtirishni hisobga olgan holda aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar soni hisobi bir necha usul bilan bajarilishi mumkin. Birinchisming asosida xom-ashyo yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtning jonli normalari yotadi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling